Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Davlat aktivlarini boşqariş, monopoliyaga qarşi kuraşişni tartibga soliş tizimini va kapital bozorini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi taşkil etildi.

Farmon bilan quyidagilar belgilandi:

a) Davlat aktivlarini boşqariş agentligining asosiy vazifalari etib:

davlat aktivlarini samarali boşqariş böyiça yagona davlat siyosatini yuritiş;

öziga berilgan davlat iştirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (uluşlari) böyiça aksiyador (ta'sisçi va iştirokçi) huquqlarini amalga oşiriş;

ilğor xorijiy tajriba asosida davlat iştirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boşqaruv şakl va usullarini joriy qiliş, ularni boşqarişda kuzatuv kengaşi va aksiyadorlarning rolini tubdan oşiriş;

davlat iştirokidagi korxonalarni, şu jumladan, xalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqiçma-bosqiç içki va taşqi bozorlarda raqobatlaşa oladigan, samarali korxonalarga aylantirişga kömaklaşiş;

davlat iştirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va şaffofligini ta'minlaş, boşqaruv tuzilmasini optimallaştiriş, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oşiriş, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini çiqarib taşlaşga qaratilgan rivojlantiriş strategiyalarini işlab çiqiş va tasdiqlaşni muvofiqlaştiriş;

davlat manfaatlarini ta'minlagan holda, şu jumladan, davlat aksiya paketlarini (uluşlarini) işonçli boşqaruvga beriş orqali investitsiya faoliyatini amalga oşiriş;

davlat iştirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini çiqariş va realizatsiya qiliş, şu jumladan, mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO/SPO böyiça emissiyalarni joylaştiriş hisobiga şu jumladan, xorijiy töğridan-töğri, şuningdek, portfel investitsiyalarni jalb qiliş;

davlat aktivlarini realizatsiya qiliş (xususiylaştiriş) va ijaraga berişning oçiq va şaffof mexanizmini ta'minlaş, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilişi ustidan monitoring qiliş, şuningdek, davlat-xususiy şeriklik böyiça takliflarni tayyorlaşda iştirok etiş;

tahlil asosida davlat iştirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar körib işlayotgan korxonalarni aniqlaş, ularni moliyaviy soğlomlaştiriş hamda faoliyati samaradorligini oşiriş dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşirişda iştirok etiş;

bankrotlik işi böyiça davlat siyosatini amalga oşiriş;

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat iştirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini amalga oşiriş;

baholaş faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinişini ta'minlaş, mol-mulkni baholaş standartlarini tasdiqlaş, şuningdek, rieltorlarni sertifikatlaştiriş;

b) Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining asosiy vazifalari etib:

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta'minlaş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qiliş, xöjalik yurituvçi sub'yektlarning ustun mavqeini suiiste'mol qilişi, “kartel” bitimlari va til biriktirişi, nohalol raqobatçiligini aniqlaş va oldini oliş;

savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat kömagini monopoliyaga qarşi tarzda tartibga soliş;

bozor iştirokçilari, şu jumladan, tabiiy monopoliya sub'yektlariga yuqori likvidli tovarlardan (işlar, xizmatlar) foydalanişda teng şaroitlarni ta'minlaş;

qonun hujjatlarining raqobatga ta'sirini baholaş, davlat organlarining raqobatni çeklovçi qarorlar qabul qilişiga va şunday harakatlarni amalga oşirişiga yöl qöymaslik;

v) Kapital bozorini rivojlantiriş agentligining asosiy vazifalari etib:

qimmatli qoğozlar bozorini şakllantiriş, rivojlantiriş, tartibga soliş va korporativ boşqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş;

qimmatli qoğozlar amaliyoti bilan şuğullanuvçi investorlar hamda qimmatli qoğozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini ta'minlaş;

qimmatli qoğozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinişini nazorat qiliş;

mahalliy kapital bozorining rivojlaniş holati va uning professional qatnaşçilari töğrisida investorlar va jamoatçilikni xabardor qiliş;

investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun zarur resurslarni jalb etiş imkoniyatini beruvçi yangi moliyaviy vositalar turlarini joriy qilişda kömaklaşiş;

fond birjalarining, qimmatli qoğozlar bozoridagi professional iştirokçilarning faoliyatini litsenziyalaş;

kapital bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş masalalari böyiça xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlik qiliş.