Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Davlat aktivlarini boşqariş, monopoliyaga qarşi kuraşişni tartibga soliş tizimini va kapital bozorini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi. Unga köra, Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi — Raqobat qömitasi tugatildi. 

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagilar:

a) Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi, Davlat raqobat qömitasi huzuridagi Qimmatli qoğozlar bozorini muvofiqlaştiriş va rivojlantiriş markazi va Davlat raqobat qömitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boşqariş markazi negizida:

Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligini taşkil etiş va unga tugatilayotgan Davlat raqobat qömitasi va Davlat aktivlarini boşqariş markazining ştat birligi, şuningdek, davlatning, şu jumladan, xorijdagi aktivlarini boşqariş, xususiylaştiriş tadbirlarini amalga oşiriş (xususan, davlat uluşlarini sotiş), davlat mulklarini ijaraga beriş, davlat iştirokidagi korxonalarda korporativ boşqaruvni joriy etiş, davlat iştirokidagi iqtisodiy noçor korxonalarni moliyaviy soğlomlaştiriş, bankrotlik, baholaş faoliyatini davlat tomonidan tartibga solişni ta'minlaş, mulkni baholaş standartlarini tasdiqlaş va rieltorlarni sertifikatlaş böyiça vazifa, funksiya va vakolatlarini ötkaziş;

Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasini taşkil etiş va unga tugatilayotgan Davlat raqobat qömitasining ştat birligi, şuningdek, monopoliyaga qarşi kuraşişni tartibga soliş, raqobat muhitini rivojlantiriş, tabiiy monopoliya sub'yektlari faoliyati ustidan nazorat qiliş, tovar xom-aşyo birjalarini litsenziyalaş böyiça vazifa, funksiya va vakolatlarini ötkaziş;

Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligini taşkil etiş va unga tugatilayotgan Davlat raqobat qömitasi va Davlat raqobat qömitasi huzuridagi Qimmatli qoğozlar bozorini muvofiqlaştiriş va rivojlantiriş markazining ştat birligi, şuningdek, qimmatli qoğozlar bozorini, şu jumladan, qimmatli qoğozlar savdosining taşkilotçilari va Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysini tartibga soliş, şuningdek, korporativ boşqaruvni rivojlantiriş hamda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining lotereyalarni taşkil etiş faoliyati böyiça vazifa, funksiya va vakolatlarini beriş;

b) Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yurituviga Tadbirkorlik faoliyati asoslarini öqitiş respublika markazini beriş;

v) tugatilayotgan Davlat raqobat qömitasining quyidagi: