Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Spiegel: Germaniya armiyasida Eron uchun ishlagan josus bo‘lganligi gumon qilinmoqda
Germaniya huquqni muhofaza qilish idoralari bundesverda xizmat qilgan 50 yoshli shaxsni Eron maxsus xizmatlariga yollanganlikda gumon qilib hibsga oldi. Bu haqda Spiegel jurnali xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, kelib chiqishi afg‘onistonlik bo‘lgan gumonlanuvchi Abdul Hamid S. GFRning Afg‘onistondagi operatsiyada ishtirokiga oid maxfiy ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgan. U bundesver qo‘mondonligida lingvistika xizmati bilan shug‘ullangan hamda o‘lkashunoslik bo‘yicha axborotlar berib turgan.
Uning qancha vaqt davomida Eron foydasiga josuslik qilgani va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmayapti.
Jurnal gumonlanuvchiga nisbatan ayblov e'lon qilingani borasida ham ma'lumot bermagan.
Mavzuga oid
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026