Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo Kubogi. Eron chorak finalga chiqdi
Osiyo Kubogida yana bir chorak finalchi aniqlandi. 20 yanvar kuniga belgilangan nimchorak finalning uchinchi uchrashuvida Eron Ummonni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Abu Dabi shahridagi «Muhammad Bin Zayd» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinning ikkinchi daqiqasidayoq eronliklar darvozasiga penalti belgilandi. Ammo ummonliklar jamoasi sardori Ahmad Al-Mahajriyning zarbasini darvozabon bartaraf etdi. Birinchi bo‘lim davomiida Jahonbaxsh va Dejagoh tomonidan urilgan gollar eronliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi.
Karlush Keyrush shogirdlari guruh bosqichida D guruhida birinchi o‘rinni egallagan, Ummon O‘zbekiston bilan bitta guruhda ishtirok etib, uchinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqandi. Endi ummonliklar turnirdagi ishtirokini yakunlab, uyga qaytadi, turnir g‘olibligi uchun asosiy favoritlardan biri sanalayotgan Eron terma jamoasi esa 24 yanvar kuni chorak finalda Xitoyga qarshi o‘yinda yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Osiyo Kubogi
1/8 final
Eron – Ummon 2:0
Gollar: 1:0 – 32 Jahonbaxsh, 2:0 – 41, penalti Dejagoh.
Eron – Beyranvand, Puraliganji, Muhammadi, Rizoyan, Husayni, Ebrahimi, Dejagoh (Goddos, 78), Amiri, Jahonbaxsh (Chashmiy, 69), Ozmun (Shojaiy, 88), Taremi.
Ummon – Ammar Ar-Rushaydiy, Muhammad Al-Musallamiy, Xolid Al-Barakiy, Saad Al-Muhayniy, Saloh Al-Yahyoiy (Xolid Al-Hajriy, 46), Ali Al-Busaydiy, Harib Al-Sa'diy, Ahmad Al-Mahajriy (Muhsin Al-Holdiy, 81), Saad Al-Muhayniy, Muhsin Al-Hassaniy (Muhammad al-Hassaniy, 88), Jamil Al-Yahmadiy.
Ogohlantirishlar: Hussayni (2), Al-Musalamiy (59), Amiri (65).
Mavzuga oid
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
22:40 / 05.05.2026
AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi
15:10 / 05.05.2026