Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Eronning Mahan Air aviakompaniyasining faoliyat ko‘rsatish ruxsatnomasi bekor qilindi
Germaniya hukumati Eronning Mahan Air kompaniyasiga GFRda faoliyat ko‘rsatish uchun berilgan ruxsatnomasi bekor qilindi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib Reuters xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, aviakompaniyadan harbiy maqsadlarda foydalanilayotgani borasida shubhalar paydo bo‘lgan. Mahan Air Myunxen va Dyusseldorfdan Tehronga parvozlarni amalga oshirib kelgan.
Avvalroq Bild gazetasi aviakompaniya Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining sobiq komandiriga tegishli ekanligini xabar qilgandi. Qayd etilishicha, aviakompaniya Suriya prezidenti Bashar Asad bilan hamkorlik qiladi va bu mamlakatga jangarilar va qurollar tashish bilan shug‘ullanadi.
Mahan Air 2011 yilda AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan.
Mavzuga oid
11:40
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
09:40 / 24.06.2026