Kun.uz muxbiri Şokir Şaripovning ekspert Yuliy Yusupov bilan suhbati davom etadi. Suhbatning avvalgi qismlarida ijtimoiy-iqtisodiy muammolar haqida gap borgan edi. Bu safargi mavzu — iqtisodiy islohotlar yölida ijobiy natijalarga erişgan ayrim davlatlarning tajribasi haqida böladi.

I qism.

Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning sababi nimada?

II qism.

Muammolarni tan oliş — rivojlaniş sari qadam

Tas-IX

YouTube

— Qisqa vaqt içida iqtisodiy ahvolini önglab olgan davlatlar ham bor. Boz ustiga, ularda islohotlar taşabbusi çeklangan insonlar tarafidan körsatilgan.

Yuliy Yusupov: — Ha, XX asrda ham, XXI asrda ham siz aytganingizdek, çeklangan insonlar tomonidan islohotlar ötkazilgan köplab davlatlar bor. Köpgina hollarda, aynan avtoritar rejimlarda. Klassik misol — Çilidagi Pinoçetdan, harbiylar hokimiyatni egallaganidan boşlasak, ular ham islohotlar ötkazişgan, lekin bu holda siyosiy terror ham yuz bergan va insonlar öldirilgan.

— Balkim bu misollarni olmaslik kerakdir?

— Lekin, tan oliş kerak, aynan iqtisodiy sohadagi islohotlar muvaffaqiyatli ötkazilgan. Çili hozir iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasidagi yetakçi davlatga aylangan. Yoki Xitoyni olaylik, u yerda hanuzgaça avtoritar rejim hukmron. Ya'ni u yerda ğarbça demokratiyadan asar ham yöq, hokimiyat partiya içidagi ma'lum bir insonlar guruhiga — kommunistik partiyaga tegişli. Ya'ni, sof avtoritar rejim. Lekin bir guruh insonlar, avvalo Deng Syaoping — Xitoy islohotlari yetakçisi tomonidan jiddiy iqtisodiy islohotlar ötkazilgan. 1979 yilda boşlangan islohotlardan söng Xitoy namoyiş etgan iqtisodiy yuksaliş jahon tarixida misli körilmagan darajaga yetdi.