Yuliy Yusupov: Muammolarni tan oliş – rivojlaniş sari qadam
|21:51 / 16.01.201915 55214 min
Kun.uz tahririyati Iqtisodiy rivojlanişga kömaklaşuv markazi rahbari Yuliy Botiroviç Yusupov bilan turkum suhbatlarni davom ettiradi. «Yuliy Yusupov bilan natijalar haqida» deb nomlangan suhbatning ikkinçi qismini e'tiboringizga havola etamiz.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Ş.Ş. – Mana, siz hammasi kamçiliklarni tan olişdan boşlanişini aytdingiz. Biz nega kamçiliklarimizni heç tan ololmayapmiz?
Yu.Yu. – Tan olyapmiz. Prezident bizga çiroyli raqamlarni taqdim etgan statistikaning yolğon ekanligini aytdi. Şuningdek, prezident turli masalalar xususida gapirar ekan, kamçiliklarni körsatib berdi va özgarişlar qiliş kerakligini, islohotlar ötkazmasdan 20 yilni yöqotganimizni aytdi. Ya'ni bizga islohotlar kerakligi e'tirof etildi. Şuning uçun ham islohotlar ötkazilmoqda.
Ammo bir narsada sizning fikringizga qöşilaman, jamiyat va hukumat biz qanday vaziyatga tuşib qolganimizni töliq anglab yetmayapti. Nimaga? Çunki uzoq yillar davomida statistika bizga çiroyli raqamlarni körsatib kelgan – biz iqtisodiyotning barça ösiş sur'atlari böyiça sayyorada yetakçi edik va bizda inflatsiya ham past edi. Bizga islohotlar sababli boşqa davlatlar qaşşoqlikda yaşayotgani va ularda hamma narsa tanazzulga uçraganini aytişardi. Bu esa yolğon edi. Biz joyimizda turaverdik, çidadik, islohotlar ötkazmadik va şuning uçun bizga qoyil. Şunday deyilmasdi, ammo şunday mazmun kelib çiqadi.
Va butun omma ongida ham bu fikr muhrlanib qolgandi. Şuning uçun bizga «nima, biz ham Qirğizistondek bölib qolişimizni istaysizmi?», deyişadi. Ha, Qirğiziston islohotlar ötkaziş borasida eng yaxşi namuna emas. Ammo Qirğiziston bilan soliştirganda ham biz ortda qolganmiz. Agarda 2017 yildagi YaIMni hisoblaydigan bölsak, bizda bir kişiga 1000 dollardan kamroqqa töğri keladi. Biz dunyodagi eng qaşşoq öttiz mamlakat orasidamiz. Bu röyxatga bizdan taşqari Afrikaning 25 mamlakati, Nepal, Yaman, Tojikiston va Gaiti kiradi. Mana biz qanday mamlakatlar orasidamiz. Bir yuz saksondan ortiq davlat içida.
Mavzuga oid
Bu esa muammolarni uzoq vaqt davomida inkor qilib kelganimiz natijasidir. Biz iqtisodiyotni rivojlantirişga xalaqit beradigan yomon institutlar bilan iqtisodiyot yaratdik. Ha, biz rivojlandik, butun dunyo rivojlandi, ammo biz özimizda mavjud öyin qoidalari asosida emas, qoidalarga qarşi tarzda rivojlandik. Biz tabiiy resurslarga boymiz va mehnatkaş, tadbirkor xalqimiz bor. Biz şuning evaziga va taşqaridan keladigan texnik ösiş sababli rivojlandik. Boşqa davlatlarda zamonaviy texnologiyalar öylab topilyapti, biz esa ularni sotib olyapmiz va işlatyapmiz. Qarang, texnologiya, masalan, IT-texnologiya yildan yilga rivojlanib bormoqda. Bundan 10 yil oldin kompyuterlarning samaradorligi qanday edi va hozir qanday. Biz esa ularni öşa eski narxda, aytaylik, 300 dollardan sotib olyapmiz. Va bu bizning xizmatimiz emas, biz şunçaki ulardan foydalanyapmiz xolos. Şuning evaziga bizdagi yomon qoidalarga qaramasdan rivojlaniş bölmoqda.
Agarda Özbekiston va sobiq ittifoq mamlakatlaridagi 1995 va 2017 yildagi aholi jon boşiga YaIM körsatkiçi statistikasiga nazar taşlasak va soliştiradigan bölsak, eng kam ösiş bizda bölganini körişimiz mumkin. Barça mamlakatlarda ösiş bizga nisbatan yuqori bölgan. Bu esa 9 foizlik iqtisodiy ösişni qoğozda ifodalagan statistikamizning qanday ahvolda bölganini körsatadi.
Buni anglab yetiş va biz aslida juda ayançli ahvolda ekanligimizni keng jamoatçilikka, aholiga yetkaziş kerak. Köpçilik, ayniqsa, Toşkentda yaşaydiganlar buni tuşunişmaydi, çunki ular Toşkentdagi hayotni körişadi. Aslida Toşkent va qolgan viloyatlar – ikkita turli davlatlar. Viloyatlarda turmuş darajasi ança past. Agarda Özbekistondagi örtaça yaşaş darajasini oladigan bölsak, biz juda ayançli ahvoldamiz. Bu esa yomon öyin qoidalarining natijasidir. Şunga muvofiq, agarda kelajagimiz bölişini, muvaffaqiyatli rivojlanişni istasak, öyin qoidalarini özgartirişimiz şart. Bu islohotlar ötkaziş degani.
Ş.Ş. – Siz muammolar tan olinyapti deyapsiz. Balki bu tan oliş qandaydir umumiydir, muammolar batafsil e'tirof etilmayotgandir?
Yu.Yu. – Har bir muammoni bittama-bitta tan olib çiqiş kerak deb öylamayman, zero prezidentning sözlariga diqqat bilan e'tibor bersangiz, u muammolar haqida aniq-oşkor gapiryapti.
Ammo muammolarni tan olişning özi yetarli emas, bu muammolar sababini anglab yetiş lozim. Va ularni bartaraf etiş böyiça harakatlar dasturini tuziş kerak. Asosiysi, muammo sababi nimadaligini aniqlaş. Aniq sabablarni aniqlab olsak, şundagina nima qilişimiz kerakligini tuşunamiz. Bu esa ança murakkab jarayon. Biz qaşşoqligimiz, jamiyat qaşşoqligini tan oliş borasida heç qanday muammo yöq.
Ş.Ş. – Agarda huquqqa nisbatan munosabatimizni tubdan özgartirmasak, oldinga siljiy olmaymiz deb öylayman. Siz bu borada qanday fikrdasiz?
Yu.Yu. – Gapingizga töliq qöşilaman. Siz eslab ötgan sovet merosi haqida gapiradigan bölsak, bu merosning salbiy tomonlaridan biri (ijobiy tomonlari ham bor) qonunga, huquq, qonun ijrosiga nisbatan nigilistik munosabatdir. Buning sababi nima? Qonunlar qandaydir darajada rasmiyatçilik tusida bölganidir. Qonunlar adolatsiz bölgan. Masalan, ular odamlarni halol pul topiş imkoniyatidan mahrum qilgan. Biznes bilan şuğullaniş kapitalizm deb hisoblangan, bu esa yomon. Şuning uçun odamlar biznesdan qoçişga harakat qilişgan.
Ş.Ş. – Xususiy mulkka bölgan munosabat.
Yu.Yu. – Ha. Rasmiy mafkura xususiy mulk öğrilik deb tuşuntirardi. Bu marksizm emas, buni boşqa muallif aytgan, ammo mulkdorlik yomon deb hisoblanardi.
Ş.Ş. – Aksariyat muammolarimizning ildizi mana şunda deb öylamaysizmi?
Yu.Yu. – Xususiy mulk alohida narsa. Ammo xususiy mulkka nisbatan munosabat bilan birga, huquqqa bölgan munosabat ham öziga xos bölgan. Masalan, parlamentarizm, hukumatni böliş, zamonaviy demokratik institutlar asoslariga nisbatan salbiy qaraş hukmronlik qilgan. Hammasi yolğonligi, u tomonlarda hammani bir hovuç boylar boşqarişi va boşqariş oson bölişi uçun ular parlamentlar, mustaqil sud tizimi, «göyoki» mustaqil OAVni öylab topişgani aytilardi.
Bu ham ongimizga singib ketgan, bu ham siyosiy huquq institutlariga nisbatan bölgan munosabatdir. Salbiy, işonçsiz. Qonunga nisbatan ham şunday munosabat bölgan – qonunni buziş mumkin. Masalan, sovetlar davrida özingiz işlayotgan korxonadan korxonangiz işlab çiqarayotgan mahsulotni uyga olib ketişingiz normal hisoblangan. Bu qonunan taqiqlangan, ammo axloq nuqtai nazaridan bu oddiy hol, hattoki jasorat bölgan.
Ş.Ş. – Umume'tirof etilgan.
Yu.Yu. – Ha. Ya'ni, bu işni odamlar qoralamasdi. Nimaga? Çunki «buni hamma qilardi, davlat bizga oz oylik beryapti, hammayoq tölib-toşib yotibdi, nega olmas ekanmiz?». Mulkka, huquqqa va demokratik institutlarga bölgan ana şunday munosabat sezilarli darajada saqlanib qolgan. Mana şu munosabat ayrim tarğibotlar orqali yana qayta tiklanmoqda, masalan, televizorda «ğarbda hamma narsa yomonligi, institutlar işlamayotganini» körsatişmoqda, ya'ni öşa sovetlar tarğiboti köçirilmoqda. Va odamlarning miyasida öşa narsa: «bizga bularning nima keragi bor, parlamentlar, sudlarning nima keragi bor? Baribir hamma narsa boşqaça hal böladi. Biz hammasi qanday hal bölişini bilamiz». Hukumat bölinişini ta'minlaydigan, muammolarni hal qilişda jamiyatning iştirok etişiga imkoniyat beradigan institutlarni taşkil qiliş örniga, «hamma muammolarimizni bir kişi hal qilib beradi», demoqdamiz.
Huquqqa nisbatan munosabat ham xuddi şunaqa. Hammasi qanday hal etilişini biz oldindan bilib turadigan sud tizimiga qanday işoniş mumkin? Şartnomalar oddiy qoğoz bölgani uçun unga rioya qilib nima qilamiz? Va şu tarzda davom etadi.
Bozor iqtisodiyoti xususiy mulk, kelişuv, şartnomalarning himoya qilinişi, kafolatlanişi asosiga quriladi. U busiz işlamaydi. Çunki agarda huquqlaringiz himoyalanmagan bölsa, siz tadbirkor sifatida biznesga investitsiya kiritmaysiz. Agarda duç kelgan paytda kimdir kelib aytaylik, magaziningizni buldozerda surib taşlaşidan xavotirda bölsangiz yoki biznesingizni tortib olişlaridan çöçisangiz, iş boşlamaysiz.
Şartnomalarga rioya qilinmasa, ular tuzilmagan böladi. Masalan, siz şartnoma şartiga rioya qilmayapsiz, men esa ikkinçi tomon sifatida heç narsa qila olmayman, tabiiyki, bu yerda bozor munosabatlari işlamaydi. Iqtisodiyot rivojlanmaydi.
Ş.Ş. – Huquqqa nisbatan munosabatni tubdan özgartirmasdan turib iqtisodiyotdagi islohotlar haqida gapiriş mumkinmi?
Yu.Yu. – Bilasizmi, huquqqa nisbatan munosabatni bir kunda yoki bir yilda qandaydir buyruq bilan özgartirib bölmaydi.
Ş.Ş. – Qandaydir yöli bölsa kerak?
Yu.Yu. – Albatta. Şunçaki bu uzoq davom etadigan jarayon. Va u islohotlarning tarkibiy qismi. Iqtisodiy, siyosiy, huquqiy islohotlar bir vaqtning özida ötkazilişi kerak.
Ş.Ş. – Biror nimaga erişsak, masalan, qaysidir sohani demonopolizatsiya qilsak, lekin sudlarning yaxşi işlaşini ta'minlamasak, barça harakatlarimiz havoga uçib ketmaydimi?
Yu.Yu. – Bilasizmi, bir narsa aniq: ilgari işlamagan sudlar, ertadan işlab qolmaydi – bunday bölişi mumkin emas. Bu jarayon Yevropada, masalan, Angliyada yuzlab yillar davom etgan. Agarda barçasini töğri amalga oşirsak, bizga yuz yillar emas, ön yillar yetadi. Aniq muddatni aytiş qiyin. Ammo bu bizda sudlar hozirça işlamagani uçun boşqa islohotlarni töxtatib qöyiş kerak degani emas.
Bundan taşqari, qanday yaxşi islohotlar ötkazilmasin, quyidan talab bölmasa, jamiyatdan talab bölmasa, sudlar işlaşni boşlamaydi. Jamiyat ularni kerakli darajada silkitmaguniça. Buning uçun esa boşqa sohalarda islohotlar bölişi kerak. Biznes rivojlanişi lozim. Aholi öz ehtiyoji, talabi va huquqini yaxşiroq biliş kerak. Ana şunda ular sudlardan samaraliroq işlaşni talab qila boşlaşadi. Örta sinf şakllanişi darkor. Iqtisodiy islohotlarsiz örta sinfni qanday şakllantirib böladi? Busiz sudlarni işlaşga majbur qilib bölmaydi. Qandaydir özgarişlar qilişingiz mumkin, ammo asosiysi jamiyat talab qilişidir.
Ş.Ş. – Siz «qandaydir özgarişlar» haqida gapirdingiz. Özgarişlar kiritilmoqdami?
Yu.Yu. – Töğrisini aytsam, sud islohoti böyiça mutaxassis emasman.
Ş.Ş. – Balki bu masalada ham qiziqib köriş kerakdir?
Yu.Yu. – Gapingizga qöşilaman. Ammo bu yuristlar va huquqşunoslarning işi. Menda iqtisodiy masalalar böyiça şuğullanadigan muammolar yetarli.
Men boşqa misolni keltirmoqçiman. Ta'lim islohoti. Ta'limni isloh qilmasdan turib va umuman yaxşi ta'limsiz kelajak bölmaydi. Biz XXI asrda, rivojlangan davlatlarda sanoat, qişloq xöjaligi iqtisodiyotning 20 foizdan kamroğini taşkil etayotgan davrda yaşayapmiz. Iqtisodiyotning 90 foizi xizmatlar körsatiş sohasiga töğri keladi. Birinçi navbatda, axborot xizmatlari. Raqobatbardoşlik, istiqbolga esa faqatgina miya orqali erişiş mumkin. Samarali, öta samarali ta'lim tizimisiz heç qanday imkoniyat yöq.
Nima qiliş kerak? Yuqorida ta'lim islohotini ötkaziş, öqituvçilarning maoşini oşiriş, ideal dasturlar tuziş (buni qiliş qiyin, çunki bunday odamlar yöq yoki juda kam), umuman olganda, rivojlaniş uçun yuqoridan şaroitlar yaratiş mumkin. Ammo yaxşi ta'lim oliş uçun pastdan talab bölmasa, bu kerakli samarani bermaydi.
Talab qayerdan paydo böladi? Talab iqtisodiyot tomonidan paydo böladi. Agarda ösmir öqib injyener bölganidan keyin iş topolmasligini yoki yaxşi maoş olmasligini bilsa u injyenerlikka öqimaydi. Qayerda yaxşi pul topiş mumkin bölsa, öşa tomonga hattoki notöğri yöllar bilan bölsa ham yöl oladi. Unga bilimning ham keragi bölmaydi. Şunçaki diplomli bölsa böldi.
Ya'ni, yaxşi dasturlar bilan ta'minlangan yaxşi öquv muassasalari taşkil qilib, ularni kompyuterlar bilan ta'minlasangiz ham, iqtisodiyot tomonidan talab bölmasa, bu befoyda. Buning uçun esa biznesni rivojanişga majbur qiladigan sof iqtisodiy islohotlar kerak. Tadbirkorlar raqobatbardoş böliş uçun yangi jihozlar, ularni işlata oladigan injyenerlar kerakligini tuşunib yetişadi. Mana şu talab paydo bölganida, yoşlar injyenerlar qança pul topişini anglab yetişganida öşa yerga bölgan oqim ösadi. Va diplom oliş uçun emas, bilimli böliş uçun öqiydi, çunki tadbirkorga diplom emas, bilim kerak. Şunda ta'lim oliş uçun talab paydo böladi. Ana şunda odamlar öquv dargohidan tegişli darajani talab qila boşlaydi, «sizga şartnoma böyiça şunça pul töladik, jihozlarda işlay olişimiz uçun siz bizni yaxşi öqitişingiz kerakmi? Öqiting» deyişadi.
Suhbatning birinçi qismi bilan uşbu havola orqali tanişişingiz mumkin.