Kun.uz sayti tahririyati Iqtisodiy rivojlanişga kömaklaşuv markazi rahbari Yuliy Botiroviç Yusupov bilan turkum suhbatlar uyuştirişni rejalaştirgan. Turkum «Yuliy Yusupov bilan natijalar haqida» deb nomlanadi. Jurnalist Şokir Şaripov tahririyatimiz mehmoni bilan birgalikda ötgan yilga nazar taşlaymiz va iqtisodiy islohotlar borasida nimalarga erişganimiz va nimalarni boy berganimiz haqida suhbat quradi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Ş.Ş. – Birinçi savolim kengroq mazmunda: «bizga nega islohotlar kerak?»

Yu.Yu. – Savol haqiqatan keng mazmunda. Islohotlar nima uçun kerakligini tuşuniş uçun gapni islohotlar nima ekanligidan boşlasak. Sal uzoqroqdan kelişga harakat qilaman. Masalan, bir noçor oila bor. Bu oila nima uçun noçor yaşayotganligini tuşunişga harakat qilib köramiz. Ular turli sabablarga köra noçor yaşayotgan bölişlari mumkin. Masalan, ayol oliy ma'lumotli emas. Şuning uçun maoş kam tölanadigan işda işlaydi va oz oylik oladi. Eri esa, aytaylik, köp içadi. Şu bois bir joyda uzoq işlolmaydi – ertami-keçmi işdan haydaladi. Ayon böladiki, oilaning qaşşoqligi uning a'zolarining özlariga boğliq.

Ammo yanada çuqurroq sabablari bölişi mumkin. Ayolning oilasida qizlar öqişi şart emas - «qizlar maktabda öqisa yetadi, asosiysi erga tegib, bola boqiş» degan tamoyil bölganligi sababli ayol oliy ma'lumotli böla olmagan. Bu yerda ta'lim ikkinçi öringa tuşib qoladi. Bu ham qaşşoqlikning çuqurroq sabablaridan biri. 

Lekin boşqa –taşqi sabablar ham bölişi mumkin. Aytaylik, er içuvçi, dangasa yoki yomon işçi bölganligi uçun emas, balki oilasi bilan yaşayotgan joyda iş yöqligi uçun iş topolmaydi. Unda nima uçun u yerda yetarliça iş örinlari yaratilmayotgani haqida savol tuğiladi.

Kalavaning uçini topişga urinar ekanmiz, oilalarning noçorligi nafaqat ularning özlariga, balki taşqi sabablarga ham boğliq degan xulosaga kelamiz.