18:55 / 22.01.2019
5835

​LG CES ko‘rgazmasida turli yo‘nalishlar bo‘yicha 140dan ortiq mukofot va sovrinlarni qo‘lga kiritdi

Foto: LG

Televizorlar orasida Engadget ning “CESdagi eng yaxshi” LG SIGNATURE OLED TV R televizori oldi

LG Electronics (LG) CES 2019 iste'molchilar elektronikasi ko‘rgazmasida turli yo‘nalishlar bo‘yicha 140dan ortiq mukofot va sovrinlarni qo‘lga kiritdi, xususan TV yo‘nalishida Engadget ning “CESdagi eng yaxshi” (Best of CES) (CES ko‘rgazmasining rasmiy mukofoti) mukofotini oldi. LG bu mukofotni qatorasiga beshinchi marta qo‘lga kiritdi – bu safar mukofotga 65 dyuymli o‘raladigan LG SIGNATURE OLED TV R (model 65R9) OLED-televizori sazovor bo‘ldi. SL9YG saundbari va LG V40ThinQ smartfoni o‘z yo‘nalishlarida iste'molchilar texnologiyalari assotsiatsiyasining CES ning eng yaxshi innovatsiyasi (CES Best of Innovation Awards)mukofotini oldi.

LG kompaniyasi maishiy texnika, audio-videotexnika, mobil kommunikatsiya yo‘nalishlarida CES Innovation Awards 17 mukofotiga qo‘shimcha ravishda Engadget, TechRadar, Popular Mechanics, SlashGear, Reviewed.com, Techlicious va boshqa hakamlarning mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

Dunyodagi ilk o‘raladigan LG SIGNATURE OLED TV R televizori zamonaviy texnologiyalar sohasidagi nufuzli nashrlarning 70dan ortiq mukofot va sovrinlarini qo‘lga kiritib, barcha raqobatchilarini ortda qoldirdi.  2019 yildagi LG ultrayengil noutbuklari Reviewed.com, Trusted Reviews va Techlicious nashrlarining nefuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi.

LG kompaniyasi CES 2019 ko‘rgazmasida quyidagi mukofotlarni qo‘lga kiritdi:

LG SIGNATURE OLED TV R: Engadget: CESning eng yaxshisi, PC Mag: CESning eng yaxshisi, Reviewed.com: Tahririyat tanlovi, SlashGear: Tahririyat tanlovi, Techlicious: CESdagi eng yaxshi tanlov, Popular Mechanics: CESning eng yaxshisi 2019, Tom’s Guide: 2019 yilgi ko‘rgazmadagi eng yaxshisi TechRadar: Ko‘rgazmadagi eng yaxshi texnologiya, Pocket-lint: CESning eng yaxshisi, HD Guru: Ko‘rgazmadagi eng yaxshisi, CTA Mark of Excellence: Yilning eng yaxshi televizion mahsuloti, CES 2019 innovatsiya uchun mukofoti: Laureat

88 dyuymli OLED 8K TV televizori: CES 2019 innovatsiya uchun mukofoti: Laureat, Mashable: CES 2019ning eng yaxshi texnologiyasi, Digital Trends: CES 2019ning eng yaxshi televizori  

LG gram 17: Reviewed.com: Tahririyat tanlovi, Techlicious: CESdagi eng yaxshi tanlov, Windows Central: CESning eng yaxshisi, CES 2019 innovatsiya uchun mukofoti: Laureat

LG gram 2-in-1: Trusted Reviews: CESning eng yaxshisi

LG Soundbar (SL9YG): CES 2019ning eng yaxshi innovatsiyasi: Eng yaxshi innovatsiya, HD Guru: CESning eng yaxshisi

LG HomeBrew: CES 2019 innovatsiya uchun mukofoti: Laureat, Trusted Review: CESning eng yaxshisi 2019

LG Styler: CES 2019 innovatsiya uchun mukofoti: Laureat, Dealerscope: VKLAD 2019 (2019 IMPACT)

LG V40 ThinQ: CES 2019ning eng yaxshi innovatsiyasi: Eng yaxshi innovatsiya

LGning CES 2019dagi mukofot va sovrinlari hamda CES ko‘rgazmasida namoyish etilgan mahsulotlar haqida qo‘shimcha ma'lumotlarni www.lgnewsroom.com/tag/lgces2019 havolasi orqali olish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top