Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi töğrisidagi nizom tasdiqlanişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligining “Özbekiston Respublikasi Davlat raqobat qömitasi binolari majmuidan foydalaniş direksiyasi” DUKni Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Binolardan foydalaniş direksiyasiga aylantiriş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Belgilanişiça:

Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Binolardan foydalaniş direksiyasi özini özi moliyaviy ta'minlaydigan muassasa şaklida taşkil etiladi va budjet taşkilotiga tenglaştiriladi;

Direksiya ta'sisçisi Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi hisoblanadi;

Direksiya xodimlarining çeklangan soni Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori tomonidan belgilanadi.

Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi töğrisidagi nizomga köra, agentlik:

davlat aktivlarini boşqariş, xususiylaştiriş, davlat iştirokidagi korxonalarni moliyaviy soğlomlaştiriş, bankrotlik, baholaş va rieltorlik faoliyati sohasida davlat boşqaruvi organi hisoblanadi;

öz faoliyatida bevosita Özbekiston Respublikasi Boş vaziri va Özbekiston Respublikasi prezidentiga böysunadi va hisobot beradi;

Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining barça huquqlari, majburiyatlari va davlat, şu jumladan çet eldagi aktivlarini boşqariş, xususiylaştiriş tadbirlarini amalga oşiriş (şu jumladan davlat uluşlarini sotiş), davlat aktivlarini ijaraga beriş, xöjalik jamiyatlarida korporativ boşqaruvni joriy etiş, iqtisodiy noçor xöjalik jamiyatlarini moliyaviy soğlomlaştiriş, bankrotlik, baholaş faoliyatida davlat tomonidan tartibga soliş va mulkni baholaş standartlarini tasdiqlaş böyiça huquqiy voris hisoblanadi;

“Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boşqariş markazi” DUKning barça huquqlari, majburiyatlari va şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi.