Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 70ga yetdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Sinxua agentligi tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurashish boshqarmasi vakili Sutopo Purvo Nugroxoga tayanib.
Nugroxoning so‘zlariga ko‘ra, yana 47 kishi jarohatlangan.
Avvalroq Janubiy Sulavesi viloyatida 59 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Suv toshqinlari va ko‘chkilarga tinmsiz yomg‘irlar natijasida daryo sathining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan. Bir nechta hukumat binolariga shikast yetgan, to‘qqizta ko‘prik vayron bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
09:42 / 28.02.2026