Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: toliblar qamoqxonasidan IShIDning 40 nafar rahbari qochib ketishdi
Eronning Tasnim agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, ikki hafta muqaddam Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati nazoratida bo‘lgan qamoqxonadan IShID terrorchi guruhining 40 nafar rahbari AQSh qo‘shinlari yordamida qochib ketishgan.
Agentlikning bildirishicha, qamoqdagilarni qutqarish bo‘yicha maxsus operatsiya Afg‘oniston shimoli sharqidagi Badg‘is viloyatida o‘tkazilgan.
Bu xabarni Badg‘is viloyati kengashi rahbarining o‘rinbosari Abdulla Afzaliy tasdiqlagani xabar qilinmoqda.
Avvalroq AQSh va “Tolibon” vakillari Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketish bo‘yicha loyihaga kelishib olishgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:00 / 03.06.2026