Jahon | 15:30 / 27.01.2019
5520
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyadagi bir nechta kompaniyaga zaharli modda solingan maktublar jo‘natildi

Foto: REUTERS/Toru Hanai

Yaponiya politsiyasi mamlakatdagi to‘qqizta kompaniyaga sianidli kaliy solingan maktublar jo‘natilishi yuzasidan tekshiruv boshladi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Ichida zaharli modda bo‘lgan konvertlar Tokio va Osakadagi farmatsevtika firmalari ofislariga, Sapporo shahridagi oziq-ovqat kompaniyasiga, Mainichi Shimbun gazetasi tahririyatiga jo‘natilgan. Tergovchilar maktublar ichida sianid aralashtirilgan kukun borligini aniqlagan.

Bir nechta maktub "Aum Sinrikyo" ekstremistik tashkiloti asoschisi Tidzuo Matsumoto nomidan jo‘natilgan. U o‘tgan yili qatl qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid