Farzandingiz bilan munosabatlaringiz qançalik yaqin va özaro işonçga qurilgan? «Işlaring qalay?», «Maktabda hammasi joyidami?» va «Tuşlik qildingmi?» qabilidagi savollarni ayrimlar tölaqonli muloqot sanaşadi.
Boşqaça vaziyat ham bölişi mumkin. Siz jigarbandingiz bilan çin dildan muloqot qiliş va uni tinglaşdan mamnunsiz, biroq u barça dialoglarni «ildizi bilan kesib taşlaydi».

Muloqotni qanday yölga qöyiş kerak?
Maykl Parker özining «Farzandlar bilan murakkab mavzulardagi suhbatlar» kitobida ota-onalarga quyidagi tavsiyalarni beradi.
Bola – muhokamalarning teng huquqli iştirokçisi
Bolani öz fikrini bayon etiş va qarorlar qabul qilişda iştirok etadigan tölaqonli suhbatdoşlar qatoriga ötkaziş zarur. Oilaviy masalalarni hal qilayotganda farzandlarning söziga quloq solmaslik holatlari qançalik tez-tez sodir böladi? Kuçlarning bunday tuzilişi bolani kamsitadi. U jim böladi va özini qadrsizdek his etadi.
Muloqotni qanday boşlagan ma'qul?
Ota-onalar köpinça bolani suhbatga qanday jalb etişni bilişmaydi.
Siz quyidagilarni amalga oşirişingiz mumkin:
Keng qamrovli savollarni şakllantiring.

Muqobil fikrni taklif eting
Boladan misol keltirişi va öz tanlovini oçib berişini sörang.
Bolaga biror masalada özini «bilağon» kabi his etişga ruxsat bering.
His etiş çegaralarini kengaytiring: voqealarni yaxşi va yomon, töğri va notöğriga ajratmang. Vaziyatni har tomonlama tuşuntiring.
Ğayrioddiy savollar berişga örgating
Mexanik savollarga hatto kattalar ham mexanik javob berişadi. Ğoyalaringizni şunday şakllantiringki, bola öz javobini töliq oçib bera oliş imkoniyatiga ega bölsin. Uni hikoya qiliş va vaziyatni tuşuntirişga undang. «Nima uçun?» savolini turli talqinlarda tez-tez bering.











