Asr ko‘rgazmasi: O‘zbekiston muzey eksponatlari Luvr muzeyida namoyish etiladi
O‘zbekistonning yuzlab muzey eksponatlari 2021 yilda Luvr muzeyi (Fransiya)da bo‘lib o‘tadigan "Ipak yo‘lida sivilizatsiya va madaniyatlar" ko‘rgazmasida bir necha oy davomida namoyish etiladi. Kun.uz muxbiri ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan I Xalqaro konferensiyada doirasida olingan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tashkilotchiligi ostida o‘tgan tadbirda Luvr muzeyi hamda Fransiya muzeylarni tadqiq va restavratsiya qilish markazi ekspertlari va O‘zbekistonning san'at muassasalari vakillari qatnashishdi.
Luvr muzeyining Islom san'ati departamenti direktori Yannik Lins 2021 yilda o‘tkazish rejalashtirilayotgan ko‘rgazmani "asr ko‘rgazmasi" deb atab, bundan maqsad Ipak yo‘li asriy merosini namoyish qilish ekanini ta'kidladi. Ko‘rgazmaga Luvr muzeyining 1200 kvadrat metr maydoni ajratiladi, u o‘zida 300-400 tagacha eksponatni sig‘dira oladi. Yannik Lins ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish davomida quyidagi jarayonlarga e'tibor qaratish zarurligini qayd etdi:
· eksponatlarni konservatsiya va restavratsiya qilish;
· eksponatlarni o‘rab joylash va tashish;
· ko‘rgazma oldi ilmiy tadqiqotlari va tayyorgarlik.
Linsning ta'kidlashicha, kelasi hafta boshidan Fransiya, O‘zbekiston va Rossiya ekspertlari ko‘rgazma bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni boshlashadi.
"Dushanba kunidan boshlab 2018 yilning oktyabrida imzolangan memorandum doirasida belgilangan ishlarni boshlaymiz. Unga ko‘ra, ikki nafar fransiyalik, ikki nafar o‘zbekistonlik va bir nafar rossiyalik mutaxassisdan iborat kichik ishchi qo‘mita tuziladi. Biz eksponatlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni tanlash bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilamiz. 2019 yilning ikkinchi yarmida esa Fransiyada ishchi qo‘mitaning keyingi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va unda 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazma ochilishiga bag‘ishlangan kitobni tayyorlash ustida ish olib boriladi", - deydi Yannik Lins.
Fransiya muzeylarni tadqiq va restavratsiya qilish markazining Tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mishel Minyuning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari ko‘rgazma bilangina cheklanib qolmaydi. U Fransiya O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqchi ekani hamda kelgusida hatto talabalar va xodimlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilishini qayd etdi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda Fransiya madaniyat markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari Gayane Umerovaning aytishicha, 2018 yilda Luvr muzeyi ekspertlari tomonidan eksponatlar holati bo‘yicha tahlil o‘tkazilgan. Ularga doir hisobot loyihaning O‘zbekiston tomon rahbari, Fanlar Akademiyasining San'atshunoslik instituti direktori Shokir Pidayevga taqdim etilgan.
"Fransiyalik ekspertlarning bahosi haqida gapiradigan bo‘lsak, ta'kidlash joizki, deyarli barcha eksponatlar restavratsiya ishlaridan keyin ko‘rgazmada ishtirok etishi mumkin", - deydi Umerova.
Fransiya-O‘zbekiston arxeologiya missiyasi direktori Rokko Rante tadbir doirasidagi taqdimotida 2021 yilgi Ipak yo‘li merosi ko‘rgazmasida namoyish qilinishi kutilayotgan eksponatlar haqida ba'zi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.
Rokko Rantening Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, Ipak yo‘li merosi ko‘rgazmasida 300 eksponat namoyishi rejalashtirilgan, ulardan 200 tasi O‘zbekiston muzeylari eksponatlari bo‘ladi.
"O‘zbekiston hududi turli sivilizatsiya va madaniyatlarni o‘zida jamlagan bo‘lgan va mana shu xilma-xillikni dunyoga ko‘rsatish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Juda ko‘p eksponatlarni ko‘zdan kechirdik va 2021 yilgi ko‘rgazmada namoyish qilish uchun taxminan 300 eksponatni tanlab oldik, bulardan 200 tasi aynan O‘zbekiston muzeylariga tegishli. Yaqin yarim yil ichida bu ekspontlar ro‘yxati borasida aniq qarorga kelishimiz kerak. Bu nafaqat O‘zbekiston tomon, balki Luvr muzeyi uchun ham ko‘p yillar davomidagi eng yirik ko‘rgazma bo‘ladi, shuning uchun unga juda katta tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘ladi", - deydi u.
O‘tgan yilning oktabr oyida Kun.uz'da Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi doirasida 2021 yilda Luvr muzeyida O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazish xususida kelishuvga erishilgani haqida xabar berilgan edi.
Ma'lumot uchun: Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan Luvr muzeyi dunyoning eng yirik va mashhur muzeylaridan biridir. 2018 yilda Luvrga tashrif buyurganlar soni 10 mln kishidan oshgan bo‘lib, bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Luvr muzeyiga 1793 yilning 10 avgustida asos solingan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

12:47 / 17.03.2025