Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston va YeI delegatsiyasi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi
Shu yilning 31 yanvar-9 fevral kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sheriklik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sheriklik va hamkorlikni kengaytirish, respublikaning GSP+ga qo‘shilishi masalasi va o‘zaro savdo munosabatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Shuningdek, YeIning 15 nafar kishidan iborat delegatsiyasi kun tartibidan O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi rahbariyati, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili bilan uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.
Avvalroq Senatda Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Peter Burian bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026