Asteroidni tadqiq etiş, ötgan asrdagi qotillikni aniqlaş va sayyorani ekologik talofatlardan qutqariş rejasini taklif etiş.

Har yili Nature jurnali dunyoga katta ta'sir körsatgan 10 şaxsdan iborat röyxatni omma e'tiboriga havola etadi. Röyxatning ahamiyatli jihati şundaki, unga hammaning oğzida bölgan badavlat va maşhur kişilar emas, yoş olimlar, jamoat faollari, huquqşunos va siyosatçilar kiritiladi. Ularning tarixi buyuk işni hamma ham bajarişi mumkinligini yana bir bor isbotlaydi.

Valeri Masson-Delmott — Yerning qorovuli

Halokatlarning oldini oliş yölidagi ilk qadam bu uning yaqinlaşayotganini tuşuniş. 2018 yilning oktabr oyida Ekspertlarning parlamentlararo guruhi dunyoni iqlim özgarişi xavfi borasida ogohlantirdi: 2030 yildan 2052 yilgaça Yerdagi örtaça harorat sanoat davrigaça bölgan körsatkiçdan kamida 1,5 daraja körsatkiçga ortadi. Bu esa ekotizimlarning özgarişiga olib keladi.

Agar Fransiyaning Iqlim va atrof-muhit haqidagi bilimlar laboratoriyasining olimasi Valeri Masson-Delmott bölmaganida biz bu yangilikdan xabar topmasdik. U işçi guruh raislaridan biri edi. U ma'ruza mualliflarini töpladi, ularning işini muvofiqlaştirib, hisobot turli mamlakat hukumatlari tomonidan ma'qullanişiga erişdi.

Omadni qarangki, ma'ruzada nafaqat falokatning barça xatarli jihatlari, balki ularning oldini oliş usullari ham aks etgan.

Masson-Delmott hujjatni tayyorlaşda yoşi, jinsi va millatidan taşqari uning barça xodimlari iştirok etişini nazorat qildi. Şu yöl bilan u nafaqat ekologiya uçun, balki ilmiy muhitda ham kamsitişlarni bartaraf etiş borasida katta hissa qöşdi.

Oldinda Masson-Delmott va uning hamkasblarini bir neça ma'ruzalar kutmoqda. Kelasi yili yer va dengiz biomlarining holatiga bağişlangan işlari e'lon qilinadi. Ehtimol, uning işlari qörqinçli halokatning oldini olişda yordam berar.

Entoni Braun — yulduzlar kartografi

2018 yilning 25 aprelida butun dunyodagi astronavtlar Geya fazo teleskopi tomonidan töplangan 500 GB ma'lumotni örganiş imkoniyatiga ega bölişdi. Biroq teleskop ma'lumotni töpladi xolos. Ma'lumotni örganiş bilan esa Entoni Braun boşçiligidagi 400 nafar tadqiqotçidan iborat jamoa şuğullanmoqda.