Köpçiligimiz jahon siyosat taxtasidagi kuçli figuralarning ijtimoiy tarmoqlardagi post va tvitlarini tez-tez körib turamiz. Ma'lum siyosiy vaziyat, taşqi munosabatlarda özining pozitsiyasini bildiriş uçun ijtimoiy tarmoqlar - Facebook, Twitter va Instagram kabilar haqiqiy media qurol vazifasini ötamoqda. Çunki aynan ular orqali töğridan-töğri siyosatçi va oddiy aholi vakillari örtasida köprik örnatiladi.

Bu köprikning qançalik mustahkam va işonçli ekanligi «raqamli diplomatiya» vositalaridan samarali foydalaniş darajasiga boğliq. Yil boşida Taşqi aloqalarni yölga qöyişda Özbekistonda ham «raqamli diplomatiya» vositalari rivojlantirilişi haqida xabar berilgandi.

Dasturni bajariş uçun mas'ul taşkilotlar sifatida Taşqi işlar vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti körsatilgan, ijro esa 2019 yil 20 iyulgaça ta'minlanişi kerak edi.

«Raqamli diplomatiya» nima özi?

Raqamli (elektron) diplomatiya – bu diplomatik masalalarni hal qiliş uçun internet va axborot-texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalaniş demakdir. Raqamli diplomatiya doirasida yangi media vositalar, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va global tarmoqning şu kabi media maydonlaridan foydalaniladi.

Jahon siyosatida bunday turdagi diplomatiyada odatda an'anaviy hukumat idoralari (avvalo, taşqi siyosat bilan şuğullanuvçi), nodavlat taşkilotlar faol iştirok etadi. Raqamli diplomatiyadan közlangan asosiy maqsad — taşqi siyosat böyiça manfaatlar, axboriy tarğibotni Internet-televideniye, ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borişdir.

Uşbu atama dastlab raqamli texnologiyalarga tayanib faoliyat olib borilgan AQŞ ijtimoiy siyosatiga nisbatan işlatilgan. Atama «Internet-diplomatiya», «ijtimoiy tarmoqlar diplomatiyasi» va «Web 2.0 diplomatiyasi» sifatida ham işlatib kelinadi.

Bu sohadagi ilk dasturlar 2002-2003 yillarda kiçik Jorj Buş taşviqotining an'anaviy vositalardan radio va telekanallardan internetga köçişi bilan rivojlanişni boşlagan. 2006 yilda esa Davlat kotibi Kondoliza Rays tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvçilarning AQŞ haqidagi ma'lumotlar va dezinformatsiya postlari monitoringi bilan şuğullanadigan mutaxassislardan iborat Raqamli hamkorlik guruhi taşkil etilgan. Öşa vaqtning özidayoq Davlat departamentining rasmiy blogi va hukumat portali oçilgan.

2009-2011 yillarda AQŞ Davlat departamentida siyosiy rejalaştiriş bölimi direktori Enn-Meri Sloterning fikrlariga köra, nisbatan soz va tarmoqlangan axborot kanal va kommunikatsiyalariga ega davlatlar kunning global mavzusini qöya oliş imkoniga egadirlar.

Hozirda dunyo böylab turli davlat rahbarlari, vazirlik va taşkilotlari, siyosiy arboblarining rasmiy sahifalari ijtimoiy tarmoqlardagi ijtimoiy fikrni öz manfaatlari, siyosiy qaraşlari ta'sirida uşlab turibdi.

Asosan Twitter tarmoğida «raqamli diplomatiya» va bahslaşuvçi tomonlarning munozarasiga «tviplomatiya» (Twiplomacy) atamasi bilan ta'rif beriladi.

Bugungi kunda Twitter va boşqa ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy tasdiq belgisiga egalik, postlardagi yagona tartib va faollik böyiça AQŞ, Kanada, Turkiya, Hindiston, Rossiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Eron Islom Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Fransiya va ayni kunlarda Venesuela siyosatçilari yetakçilik qilmoqda.

Özbekistonning «raqamli diplomatiya»dagi hozirgi holati qanday?

twiplomacy.com sayti statistikasiga köra, Twitter'dagi Özbekistonda eng faol va muhim sahifalar - Prezident Şavkat Mirziyoyev matbuot xizmati, Boş vazir Abdulla Aripov, gov.uz portali va Taşqi işlar vazirligi sahifalaridir.

Dunyodagi yetakçi rahbarlar va taşkilotlar orasida Prezident Şavkat Mirziyoyev matbuot xizmati körsatkiçlari quyidagiça:

Prezident matbuot xizmatini Twitter'da 7 mingdan ortiq, Instagram'da esa bir milliondan ortiq follover kuzatib borsa, Facebook'dagi rasmiy sahifaga 195 mingdan ortiq foydalanuvçi layk bosgan.

Instagramda faol yetakçilar elliktalik röyxatlarida esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati tomonidan yuritiluvçi sahifalar turli toifalarda quyidagi örinlarda:

  1. Eng köp muloqot qamroviga ega 50 dunyo yetakçilari - 9 mln foydalanuvçi, 14-örin. (1-örinda AQŞ prezidenti Donald Tramp, 229 mln foydalanuvçi)
  2. Eng köp muloqot qamroviga ega (bir postga nisbatan) 50 dunyo yetakçilari - 12570 foydalanuvçi, 27-örin. (1-örinda Hindiston Boş vaziri Narendra Modi, 1056992 foydalanuvçi)
  3. Eng faol 50 dunyo yetakçilari (kundalik postlar soni) - kuniga örtaça bir post, 42-örin (1-örinda Bruney Boş vaziri idorasi - kuniga örtaça 17 post)

Bir qaraşda Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati tomonidan yuritilayotgan sahifalar TOP-50talikka kirganining özi ham «raqamli diplomatiya» sohasida siljişlar borligini körsatişi mumkin, lekin global miqyosda ijtimoiy tarmoqlardan tizimli va tartibli foydalanayotgan AQŞ, Kanada, Turkiya kabi davlatlar tajribasini örganiş ham foydadan xoli bölmaydi.

«Xyuston, bizda muammolar bor»

Bundan ikki yil oldin Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilingandi.

Ikki yil davomida ham taşqi, ham içki siyosatda turli yangiliklar, avval hukumat idoralari va jamiyatimizga notaniş bölgan samarali usullarga murojaat etildi. Ba'zi vazir va deputatlar Facebook, Twitter va hatto Instagram’da ham öz sahifalarini oçişni boşladi.

Bundan umidlangan ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvçi özbekistonliklar faol tarzda öz savol va fikrlarini yöllab, muhokama va munozaralarga qöşila boşladilar. Taassufki, ijtimoiy tarmoqlarda keçgan özaro muloqot bir yarim yil davom etdi xolos.

Mana yarim yildan köproq muddat Özbekistonda Facebook va YouTube’ga kirişda duç kelinayotgan muammolarga aniq izoh berilgani yöq. Aniq izoh berilmas ekan, tabiiyki, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvçi aholi orasida şubha paydo böladi.

«Balki yozayotganlarimiz «kattakonlar»ga qattiq ta'sir qilayotgandir», «Virtual qabulxonalar muammolarni yana hokimiyatga qaytarib jönatvoradi-ku baribir. Xalq bilan haqiqiy muloqot tugadimi?», «Dodimizni kim eşitadi?», «Qaçon biz ham odamga öxşab Internetdan foydalanamiz? VPN nima degani?» kabi savol-u gaplar tez-tez quloqqa çalinib turibdi.

Xususan, söz erkinligi va ijtimoiy tarmoqlar bilan boğliq masalaga britaniyalik elçi, diplomat Kristofer Allan ham töxtalib ötgandi: 

«Harqalay Özbekiston bu sohada rivojlanmoqda. Söz erkinligini ta'minlaş uçun vaqt ötgan sayin dadil qadamlar taşlanmoqda. Hamma qadamlar ham ijobiy bölmayapti va siz bularni ta'kidladingiz. Şuningdek, men katta resursga ega ijtimoiy tarmoqlarga ulanişda kuzatilayotgan qiyinçiliklardan xabardorman».

Mamlakat brendi va siyosatçilarning asl imiji (qiyofasi) aynan mana şu oddiy masalalarni hal etişdan şakllanib boradi. Özaro muloqot esa uning samaradorligini oşiradi.

Yana bir tabiiy savol tuğiladi – Özbekiston jahon miqyosidagi turli reytinglarda, asosan, salbiy örinlarda ekanligining boş sababi heç örganib körilganmi? Korrupsiya darajasi, söz erkinligi...

Turli reytinglar qonunlarning, vazirlik va siyosiy partiyalarning amalda xalq manfaatini qançalik himoya qila olişi darajasi hisobga olinib tuziladi.

Mamlakat brendi va reytinglar nega kerak?

Siyosat fanlari doktori, professor Alişer Fayzullayevga köra, brending tuşunçasi nafaqat tovar va xizmatlar uçun, balki davlatlar, millatlar, şuningdek, ma'lum joylar uçun ham qöllaniladi. Mamlakat brendi – uning öziga xos, jozibali va taniqli imijini şakllantiriş demakdir. Mamlakat brendi odamlarga tuşunarli, jamiyat uçun ahamiyatli, unikal (öziga xos – boşqa mamlakatlar brendidan ajralib turadigan) va ma'lum qadriyatlarni özida namoyon etişi kerak. Bularning bariga erişiş uçun esa hukumat tomonidan yondaşuv, katta professionalizm, vaqt va vositalar talab etiladi.

Millat brendingi tuşunçasini (nation branding) 1996 yilda britaniyalik olim va maslahatçi Saymon Anxolt muomalaga kiritgan. Şundan buyon millat va mamlakat imiji tuşunçasi va tarğiboti uçun konseptual vositaga aylanib ulgurdi.

Özbekistonning içida olib borilayotgan islohotlarning haqiqatda amalga oşişi va qançalik samarali keçayotgani unga nisbatan jahon hamjamiyatining siyosiy munosabatlarida ham öz aksini topadi.

Misol uçun, Özbekistonda ba'zi mas'ul taşkilot rahbarlarining tadbirkorlar huquqini poymol etişi yoki söz erkinligini çeklaşi, biror hokimning öqituvçi va şifokorlarni majburiy mehnatga yönaltirişi – hamma-hammasi hisobga olib boriladi. Qarabsizki, jahon siyosatidagi imijimizni körsatib beruvçi reytinglarning xalqaro muloqotda salbiy ta'siri sezila boşlaydi.

Yana bir misol, köpinça biz turli sohada tajriba almaşadigan Rossiya Federatsiyasida ham ötgan yili Telegram bilan boğliq voqealar mamlakatning xalqaro imijini, uning hukumatiga nisbatan fuqarolari işonçini yanada tuşirib yubordi.

Bu kabi misollar, u xoh tarmoq va messenjerlar bloklanişi, xoh fuqarolarga nisbatan bepisandlik bilan qaraş bölsin, ayniqsa, avtoritar boşqaruv şaklidagi davlatlarda tez-tez uçrab turadi.

Özbekistonda esa hozirça VPN orqali tarmoqlardan foydalanişga intiliş, kundalik turmuşda rasmiylar bilan uçrab turadigan ba'zi tuşunmovçiliklar ham şu misollarni eslatib yuborişi mumkin. Bu esa islohotlarning real amalga oşişini istayotgan, mehnat qilayotgan va çetdan çaqirib olinayotgan mutaxassislar, hatto özbekistonlik vazir va siyosatçilar ham anglaşilmovçiliklar markazida qolişiga sabab bölmoqda.

Masalan, Özbekiston Respublikasi Prezident Şavkat Mirziyoyev Parlamentga ilk murojaati davomida ijtimoiy tarmoqlar masalasiga urğu berib, davlat amaldorlari, siyosatçilarni ijtimoiy tarmoqlarda faol bölişga, xalq bilan yaqindan muloqot qilişga çaqirgandi.

Deputat Rasul Kuşerbayevning Kun.uz bilan suhbatida ham şu jihatga töxtalib ötilgandi: «Şuning natijasida, tarmoqlarda sahifalarimizni oçdik, oçiqça işlaşga harakat qildik. Şunga zamin paydo böldi. Kim bundan qay darajada foydalanyapti, bu uning öziga havola», - degandi u.

Çindan ham, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari nomidagi yil ötgan bölsa-da, özining vazifasi nimadan iborat ekanligini töla his qilayotgan siyosatçilarimiz ham yöq emas (Ularning barçasining ism va lavozimlarini birma-bir keltirib ötişga hojat yöq, amaldagi işlarini xalqning özi baholaydi).

Özbekiston taşqi siyosatida «raqamli diplomatiya»ni şakllantiriş uçun nimalarga e'tibor beriş zarur?

Maqola avvalida «raqamli diplomatiya» şakllanib ulgurgan va rivojlangan davlatlarni sanab ötdik. Özbekistondagi vaziyatdan kelib çiqqan holatda yetakçilar qatoriga qöşiliş uçun nimalarga e'tibor beriş zarur?

Birinçidan, vazirlik va davlat taşkilotlari rahbarlari, xodimlari özining vazifasi nima ekanligini aniq bilib olişi, unga vijdonan yondaşişi, qoğozbozlik, közböyamaçilikdan voz keçişi kerak;

Ikkinçidan, Özbekistonda Internet tezligi oşirilişi va ijtimoiy tarmoqlarga kiriş uçun imkoniyat bölişi zarur;

Uçinçidan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati, vazirliklar va davlat idoralari matbuot xizmatlari uçun brending va imijmeyking böyiça global darajadagi ekspertlarning ijtimoiy tarmoqda etika, psixologiya va postlar dizayni böyiça mahorat darslarini taşkil etiş zarur;

Törtinçidan, birinçi bosqiçda Özbekiston Respublikasining vazirlik, davlat taşkilotlari sahifalarida özbek tilidan (lotin yozuvida) foydalanişni töla taşkil etiş, ikkinçi bosqiçda taşqi siyosiy muloqotni ingliz tilida boşqa davlatlar siyosiy doiralari bilan ijtimoiy tarmoqlarda olib borişni taşkil etiş kerak;

Quyida Turkiya «raqamli diplomatiyasi» tajribasidan ba'zi misollar keltiriş örinli:

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Twitter'dagi rasmiy sahifasini 13,4 mln foydalanuvçi kuzatib boradi. Sahifa rasmiy tasdiq belgisiga ega. Sahifaning yon burçagida Twitter tomonidan Turkiya sobiq boş vaziri Ahmet Dovudöğli va Turkiya prezidenti sahifasi tavsiya etilmoqda.

Quyidagi skrinşotda esa mamlakat taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğlining rasmiy sahifasi keltirilgan. Uni 1,28 mln foydalanuvçi kuzatib boradi, uning özi 107 sahifani kuzatadi va uning sahifasida ham rasmiy tasdiq belgisi bor.

Bunda siyosiy arbobning sahifa muqovasiga e'tibor qaratamiz. Ikki logotipning ham Turkiya siyosatida muhim ahamiyati bor - biri 2016 yil iyul voqealari, ikkinçisi esa Taşqi işlar vazirligi ramzlari. Öng burçakda Mavlud Çovuşöğlining minbardan qasamyod qilayotgan surati mavjud va bu foydalanuvçilar ruhiyatiga ta'sir qilib, siyosatçiga nisbatan işonçni mustahkamlaydi.

Mavlud Çovuşöğli 107 sahifani kuzatib borişiga töxtaldik. Taşqi işlar vaziri davlat rahbarining sahifasini kuzatib boradi, qolgan sahifalarning katta qismi turk vazir va siyosatçilari, dunyo yetakçilarinikidir:

E'tiborli jihati, Turkiya taşqi işlar vaziri OAV rasmiy sahifalarni ham kuzatib boradi. Turk «raqamli diplomatiya»siga xos yana bir jihat - bu bir vazir sahifasi boşqa vazir tomonidan kuzatib boriladi. Har bir vazir bir-biri bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali öziga xos retvit va layklar tilida muloqot qiladi.

Kezi kelganida Twitter'dagi bir tvit taşqi munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosatçilarning rasmiy sahifasidan yozilgan tvit yoki post katta media tölqinga sabab ham bölgan vaziyatlar köp uçrab turadi.

Mirzayor Erkinov