Fan-texnika | 10:00 / 03.02.2019
18258
2 daqiqa o‘qiladi

Qochqin WhatsApp yordamida yozilgan kitobi uchun nufuzli mukofot oldi

Eronlik qochqin Behruz Buchaniy WhatsApp messenjeri yordamida yozgan kitobi uchun Avstraliyaning adabiyot sohasidagi eng nufuzli mukofoti Victorian Prize for Literature bilan mukofotlandi. 

Ta'kidlanishicha, muallifga “Tog‘dan bo‘lak do‘sting yo‘q: turmadagi xotiralar” kitobi uchun 72 ming dollar topshiriladi. Biroq hozirda Manus orolida bo‘lgan muallif qochqinlarga nisbatan qattiqqo‘l siyosat yurgazuvchi Avstraliyaga kirish huquqiga ega emas. 

Erkakning aytishicha, u Eronni jurnalistik faoliyati sababli tark etishga majbur bo‘lgan. Buchaniy 2013 yilda Avstraliya chegara xizmati tomonidan ushlanib, qochqinlar markaziga jo‘natilgan. U aynan shu yerda messenjder yordamida o‘z kitobini yozgan. Muallif messenjer orqali tarjimonga kitob matnini jo‘natib turgan. Eronlikning aytishicha, markazdagi qo‘riqchilar undan qog‘ozlarni olib qo‘yishlari mumkinligi sabab qog‘ozdan foydalanmagan. Markaz 2017 yilda yopilgach, jurnalistga Papua-Yangi Gvineyadagi Manus orolida qochqin maqomi berilgan.

Mukofot qoidalariga ko‘ra, uni faqatgina Avstraliya fuqarolari olishlari mumkin. Biroq Buchaniyga istisno qilingan. Mukofot hakamlar hay'ati kitobni san'at durdonasi deb atagan va muallifni kitobni yozishda qo‘llagan uslubi uchun maqtagan.

Mavzuga oid