Rim papasi ilk bor Arabiston yarimoroliga yo‘l oldi
Rim papasi Fransisk uch kunlik tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oldi. U Arabiston yarimoroliga qadam qo‘ygan ilk Rim-katolik cherkovi rahbari bo‘ladi.
Abu-Dabiga parvozi oldidan u BAAga tashrifini "qisqa, lekin muhim safar" deb atadi.
"Birlashgan Arab Amirliklariga ketmoqdaman. Bu davlatga muloqot sahifasini birga yozish va tinchlik so‘qmoqlarida birga qadam tashlash uchun birodar sifatida yo‘l olmoqdaman. Meni duo qilinglar!", deb yozdi u Twitter sahifasida.
Rim papasining BAAga 3-5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan tashrifi Abu-Dabining merosxo‘r shahzodasi shayx Muhammad bin Zayd Ol Nahayyon taklifiga binoan amalga oshirilmoqda . Tashrifi davomida papa Fransisk "Insoniy birodarlik" mavzuidagi xalqaro diniy uchrashuvda ishtirok etadi.
Mavzuga oid
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
12:00 / 23.10.2024
AQSh va BAA G‘azo va Livandagi keskinlikni kamaytirish sa’y-harakatlarini muhokama qildi
17:35 / 16.10.2024