Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari yuzasidan fikr almashildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov 4 fevral kuni Pokistonning favqulodda va muxtor elchisi Irfan Yusuf Shami bilan uchrashuvda 2019 yilda munosabatlarni rivojlantirishning amaliy jihatlari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish jadvali bo‘yicha fikr almashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Tomonlar ko‘rib chiqayotgan ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur hujjatlar turli jabhalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish uchun huquqiy asoslarni kengaytiradi”, deyiladi xabarda.
Uchrashuvda 2017-2018-yillarda bir necha bor o‘tkazilgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Pokiston uchrashuvlari chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarga yangi turtki berilganligi va uni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turistik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mustahkamlashning aniq yo‘nalishlari belgilab olinganligi ta'kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston – Pokiston kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.
Ma'lum qilinishicha, o‘tgan yilda o‘zaro savdo aylanmasi 2017 yilgiga nisbatan ikki yarim barobarga oshib, 92,4 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
12:12 / 09.06.2026