Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston 33 davlat orasida benzin narxi arzonligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi
Qozog‘istondagi benzin eng arzonlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ma'lumotni 33 mamlakatdagi narxlarni taqqoslagan RIA Novosti keltirmoqda.
«Mutlaq narxlarda Qozog‘istonda eng past qiymat qayd etildi. U yerda Rossiya valutasiga hisoblanganda 95-benzinning bir litri 181 tenge (30,9 rubl) turadi. Ikkinchi o‘rinda - bir litr uchun 263,7 tenge (45 rubl) bilan Rossiya. Belarus uchinchi pog‘onani band etdi - 274,8 tenge (46,9 rubl). Undan keyingi o‘rinda Ukraina - 421 tenge (72,1 rubl). Reytingning keyingi pog‘onalarida asosan Sharqiy Yevropa mamlakatlari bor, u yerda ham yoqilg‘i narxi nisbatan arzon», - deyiladi maqolada.
Shu bilan birga, Niderlandiyada eng qimmat benzin - litr uchun 689,7 tenge (117,7 rubl). Keyin Norvegiya, Daniya, Italiya va Gretsiya qayd etildi. Ushbu mamlakatlarda bir litr benzin narxi 656 tengedan (112 rubl) qimmatroqqa tushadi.
«Eng arzon dizel yoqilg‘isi ham Qozog‘istonda 272 tenge (bir litr uchun 46,5 rubl), Rossiya va Belarusda 276,5 tengedan (47,2 rubl) sotiladi. Norvegiyada eng qimmat dizel - 670,9 tenge (114,5 rubl). Shuningdek, qimmatlilik bo‘yicha yetakchilar orasida Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya va Finlyandiya bor. U yerda narx 615 tengedan (105 rubl) oshadi», - deya ma'lumotlarni keltirgan RIA Novosti.
Reyting tuzuvchilarining ta'kidlashicha, aksariyat mamlakatlarda benzin narxi tushib ketgan. Pasayish 33 davlatdan 26tasida qayd etildi, eng kattasi - Kipr (12,3%), Vengriya (9,4%) va Sloveniyada (8,7%).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston arzon benzinga ega davlatlar ro‘yxatida 18-o‘rinni egallagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.07.2026
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026