Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston arzon benzinga ega davlatlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinni egalladi?
Dunyo bo‘ylab benzinning o‘rtacha narxi 7 yanvar kungi holatga ko‘ra 1,08 dollarga teng, deya xabar beradi Global Petrol Prices tahliliy nashri.
Tahlilchilarning qayd etishicha, boy mamlakatlar odatda qashshoq davlatlarga qaraganda yuqori narxlarga ega. Faqatgina AQSh istisno sanaladi, u yerda benzin past narxlarda sotiladi.
«Turli mamlakatlardagi narxlarning farqi turli xil soliq va benzinga subsidiyalar bilan bog‘liq», - deya ta'kidlaydi ekspertlar.
Shu bilan birga, O‘zbekiston reytingda 18-o‘rinni egalladi. Respublikada bir litr benzin o‘rtacha 0,54 dollarga sotiladi.
Qo‘shni davlatlar: Turkmanistonda bir litr benzin 0,43 dollarga, Qozog‘istonda 0,48 dollarga, Qirg‘izistonda 0,67 dollarga sotiladi. Tojikiston reytingga kiritilmagan.
Venesuelada bir litr benzinni 0,01 dollarga sotib olish mumkin, Sudanda - 0,13 dollar, Eronda - 0,29 dollar.
Benzinga eng yuqori narxlar Gongkong (2,04 dollar), Monako (1,98) va Norvegiyada (1,85) qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston benzin importi bo‘yicha Qozog‘iston bilan muzokaralar boshlayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
15:24 / 01.07.2026
O‘zbekistonda benzin narxi rekord darajada qimmatlashdi. Sabab nima?
14:59 / 28.06.2026