O‘zbekiston | 13:14 / 05.02.2019
10081
2 daqiqa o‘qiladi

«Lukoyl» O‘zbekistonda gaz qazib olishni ko‘paytirdi

Foto: Vladimir Smirnov/TASS

«Lukoyl» guruhi tomonidan gaz qazib olish hajmi 2018 yilda 33,5 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2017 yil bilan taqqoslaganda 16 foizga ko‘p, deya xabar qilinadi kompaniya saytida. 2018 yilning to‘rtinchi choragida 8,9 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olindi, bu 2018 yilning uchinchi choragidagi darajadan 5%ga ko‘pdir.

Gaz qazib olish oshirilganining asosiy omili O‘zbekistonda loyihalarni ishlab chiqish rivojlanganidir. Gazga tayyorgarlik bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushirilgani natijasida 2018 yilda Qandim va Hisor loyihalari bo‘yicha gaz qazib olish hajmi 13,4 milliard kub metrga yetdi (guruh ulushida), bu 2017 yilga nisbatan 67%ga ko‘p.

Kuzda «Lukoyl» O‘zbekistondagi loyihalarning kompaniya moliyaviy natijalariga ta'siri haqida ma'lum qilgandi. O‘shanda 2018 yilning to‘qqiz oyi mobaynida realizatsiyadan daromadlar 40,2 foizga o‘sdi va 5,9 trillion rublni tashkil etdi. 

Mavzuga oid