Toshkentda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Shu yilning 30 yanvar kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 7-sonli IIB xodimi Toshkent shahar IIBB rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi I.B. va boshqa shaxslar bilan birga 2018 yil oktabr hamda noyabr oylarida “Silk Road Industry” MChJ rahbari F.K.dan umumiy qiymati 244 mln. so‘mlik “Libera” nomli bolalar tagliklarini kelgusida savdo tushumidan tushgan puldan berish sharti bilan olib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, bolalar tagliklarini sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini, holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib borayotganligini, I.B. unga tekshiruv hujjatlarini tergovga o‘tkazmasdan uning foydasiga hal qilib berish evaziga pora sifatida 2000 AQSh dollarini taklif etayotganligini ma'lum qilgan.
Ushbu bildirgi yuzasidan 2 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Toshkent shahar bo‘limi, Uchtepa tumani prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir natijasida I.B. pora sifatida 1500 AQSh dollarini xodimning xizmat xonasida berayotganida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIB xodimiga 2000 dollar pora taklif qilgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
22:45 / 10.11.2024