Şu yilning 27 yanvar kuni Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumani IIB xodimi Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
U şu yil 26 yanvar kuni Qönğirot tumani Qoraqursaq qörğonida yaşovçi D.G. boşqaruvidagi “UAZ” avtomaşinasini “Möynoq-Qönğirot” yölining 63-km.da haydab ketayotgan vaqtida yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan töxtatilganligi, avtomaşinasining yukxonasida tegişli hujjatlarsiz Qönğirot tumani “Qönğirot UURB” (burğilaş) işçisi S.J.ga tegişli 30 qop sementlarni olib ketayotganligi aniqlanganini bildirgan.
Qayd etilişiça, ular örnatilgan tartibda rasmiylaştirilib, Möynoq tumani IIBga topşirilgan, holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilayotgan vaqtida S.J. xodimga işni ijobiy hal qilib beriş va töplangan hujjatlarni sudga olib çiqmaslik evaziga pora sifatida 2000 AQŞ dollarini taklif etgan.
Uşbu bildirgi yuzasidan 27 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi IIV Öz xavfsizligi boşqarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi va Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbir natijasida S.J. pora sifatida 2000 AQŞ dollarini xodimga xizmat xonasida bergan vaqtida tadbir iştirokçilari tomonidan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.












