“Özavtosanoat” raisining örinbosari Azizbek Şukurov avtomobillarga bojlarni pasaytirişda öta huşyor böliş kerakligini ta'kidlab ötdi. "Men buni boşqaça atagan bölar edim. Monopolistning öz monopol holatini ta'minlab berayotgan bojxona bojlarini pasaytiriş yoki pasaytirmaslik haqidagi fikrlarni eşita turib öta diqqatli va huşyor böliş lozim".

Janob Şukurov öz pozitsiyasini asoslantiriş uçun qöyidagi dalillarni keltirgan:
- Yiliga 200–250 ming avtomobil işlab çiqariş quvvatiga ega bizning avtosanoatimiz yiliga 10 million avtomobil işlab çiqaruvçi Volkswagen bilan raqobatga kirişa olmaydi, çunki 10 millionta maşina işlab çiqarilganda 200–250 mingta işlab çiqarilgan holatga nisbatan bitta avtomobilning tannarxi albatta past böladi (miqyos effekti degan narsa amal qiladi).
- Butun dunyoda mahalliy işlab çiqaruvçilar himoya qilinadi. Şu sababli biz ham şunday yöl tutişimiz kerak. Nevada ştati gubernatori tomonidan Tesla kompaniyasiga elektromobillar uçun litiy-ionli Gigafactory batareyalarini işlab çiqariş uçun berilgan 1,4 milliard dollar imtiyoz misol tariqasida keltirilgan.
- Köplab davlatlar göyoki “kuçli kompaniyalar, monopoliyalar” tufayli “oyoqqa turib olgan” (bu yerda “abjir qöllar”ga e'tibor bering: “kuçli kompaniyalar” va “monopoliyalar” sinonim sifatida işlatilmoqda).
Menda esa janob Şukurovga ayrim aniqlaştiruvçi savollar bor:
1. Jahonda önlab muvaffaqiyatli avto işlab çiqaruvçi kompaniyalar bor. Şukurovning özi faqat 8–9 ta yapon kompaniyasini yodga olib ötgan (ularning yillik umumiy hajmi 9 million avtoga yetadi). Qörqmasdan ta'kidlaş mumkinki, işlab çiqaruvçilarning barçasi ham Volkswagen erişgan hajmga erişa olmagan. Tabiiyki, ular ham miqyos effektidan Volkswagen singari foydalana olmaydi. Modomiki şunday ekan, jahon bozorlarida ular qanday qilib raqobatga kirişişmoqda? Umid qilamanki, janob Şukurov ularning barçasi bizdagi avtosanoatdek (100 foizdan yuqori) bojxona bojlari bilan himoyalangan, deb ta'kidlamaydi. Lekin bu holatda Volkswagen foydalanadigan miqyos effekti avtomobilsozlik uçun u qadar ötib bölmas tösiq hisoblanmas ekan-da! Negadir faqat va faqat bizning avtosanoatimiz uçun bu tösiq mavjud.
2. Agar janob Şukurovning miqyos effekti raqobatbardoşlikka erişiş uçun öta muhim degan fikriga qöşilsak hamda işlab çiqariş miqyoslari böyiça Volkswagenʼga yaqin kelişni hattoki öylamayotgan bölsak, bu hol avtosanoatimiz proteksionistlik himoyasidan bir neça ön yillarga foydalanişdan umid qilayotganini bildiradimi? (Bu vaqtga kelib benzin va gazda yuradigan maşinalardan foydalanmay qöyişadi, albatta, harf teruvçi maşinkalar singari). Ya'ni, biz — özbekistonlik iste'molçilar va soliq tölovçilar mahalliy avtosanoatning monopoliyasiga mahkum etilganmizmi?












