Özbekistonda keng kölamli xususiylaştiriş jarayoni amalga oşirilmoqda: Coca Cola, Humo va boşqa köplab korxonalar xususiy mulkdorlarga berilgan yoki ularning taqdiri hal etilişini kutmoqda. Bu jarayonlarda qanday xatolarga yöl qöyildi, ular Özbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi va kelajakda xatolarni qanday çetlab ötiş mumkin? Bu haqda Özbekistonning eng nufuzli iqtisodçilaridan biri Yuliy Yusupov öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

2020 yil 27 oktyabrda prezident «Davlat iştirokidagi korxonalarni isloh qilişni jadallaştiriş hamda davlat aktivlarini xususiylaştirişga oid çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-6096 sonli farmonni imzoladi. Farmonda xususiy tadbirkorlarga va kompaniyalarga sotilişi kerak bölgan korxonalar, obektlar va davlatga tegişli boşqa aktivlarning kattagina röyxati tasdiqlangan. Boşqaça aytganda, prezident davlat mulkini keng kölamda xususiylaştiriş böyiça körsatma bergan.

Sönggi paytlarda ayrim korxonalar va aktivlar mazkur farmonga muvofiq allaqaçon sotilgani yoki sotiliş jarayonida ekani haqida ommaviy axborot vositalarida köp öqiyapmiz. Şu bilan birga, mutaxassislar, jurnalistlar va blogerlar tomonidan xususiylaştirişni amalga oşiriş usullari böyiça keskin va xolis tanqidiy fikrlar bildirilmoqda. Bu vaziyatni tahlil qilişga harakat qilaylik.

Farmonda aniq va ravşan yozilgan: korxonalarni xususiylaştiriş ommaviy savdolar orqali amalga oşirilişi kerak, ya’ni auksionlar orqali va ular eng yuqori narx taklif qilgan xaridorlarga sotilişi kerak. Xususiylaştiriş amalda qanday ötadi?

Aynan şu yerda biz jamoatçilikning salbiy munosabatlariga sabab bölgan turli yoqimsiz «syurpriz»larga duç kelamiz. Birinça jiddiy qönğiroq 2021 yilda Coca-Cola Uzbekistan davlat uluşini sotiş vaqtida yangradi. Davlat uluşi tenderga qöyildi va sotiş narxi 70 million dollar deb e’lon qilindi. Ammo keyinroq oçiq ma’lumotlarda Hydrolife Bottlers özbek kompaniyasi Antimonopoliya qömitasiga murojaat qilib, 150 million dollar taklif qilişga tayyorligini bildirgan, lekin «tender şartlari» tufayli savdoda qatnaşolmagani ma’lum qilingan murojaat paydo böldi. Şu bilan birga, yana bir kompaniya — Perfect Shine Energetic — Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligiga murojaat qildi. Aksilkorrupsiya agentligi tenderni töxtatişni talab qildi. Idora «haddan taşqari yuqori mezonlar va asossiz talablar» savdoda qatnaşuvçilar sonini sun’iy ravişda kamaytirib, korrupsiya omillarini keltirib çiqarmoqda deb topdi. Yakunda davlat uluşi 252,28 million dollarga turk kompaniyasi Coca-Cola İçecek’ga sotildi, bu boşlanğiç narxdan 3,6 marta yuqori böldi.