Rossiya YeI va AQSh bilan munosabatlarni teng huquqlilik asosida qurmoqchi
Rossiya YeI va AQSh bilan munosabatlarni teng huquqlilik asosida qurishga harakat qiladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi.
"AQSh va Yevroittifoq, umuman G‘arb bilan munosabatlarda har qanday masala yuzasidan hamkorlikka tayyormiz, ammo ultimatumlar asosida emas, balki teng huquqlilik, o‘zaro hurmat asosidagi muloqotlarga", - dedi Lavrov.
Lavrovning ta'kidlashicha, Rossiya har qanday olamshumul muammolarni yechishda manfaatlar muvozanati asosidagi munosabatlarga tayyor.
O‘tgan yilning 4 dekabr kuni AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiya 60 kun ichida O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimni bajarishga qaytmasa, AQSh undan chiqib ketishini ma'lum qilgandi.
2 fevral kuni AQSh shartnomadan chiqishini e'lon qildi. Rossiya ham xuddi shunday tarzda javob qaytardi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024