O‘zbekiston | 21:31 / 09.02.2019
5506
3 daqiqa o‘qiladi

Jizzax shahrida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan biznes-inkubator ochiladi

Jizzax shahrida LBMA qoshidagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan biznes-inkubator ochiladi. Biznes-inkubator 1 mart kuni ochilishi rejalashtirilgan. Murojaat nuqtalari ochiq bo‘lib, u yerga murojaat qilish va javoblar olish mumkin. Biznes- inkubator idorasi LBMAning Jizzax shahridagi vakolatxonasi binosida joylashgan.

Bu Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Jizzax viloyatida “Ilg‘or hudud” yoshlar rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan loyihalaridan biridir.

U tadbirkorlar uchun ko‘p muammolarni hal etish va quyidagi savollarga javob berishga imkon yaratadi:

• Loyiha uchun moliyalashtirish manbaini qanday qilib topish aniqlash va investorni jalb qilish mumkin;

• Biznes-rejani qanday qilib to‘g‘ri tayyorlash va loyiha bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni to‘g‘ri hisoblash mumkin; 

• O‘z mahsulotiga bozorni qaysi yo‘nalishda va qanday qilib to‘g‘ri jalb etish mumkin;

• O‘z mahsulotini sotish kanallarini qayerdan topish mumkin va uning reklamasi, sotilishini to‘g‘ri tashkil qilish mumkin.

Tadbirkor o‘z g‘oyasi bilan biznes-inkubatorga keladi va loyiha bosqichida uning maslahatchilari va mutaxassislari bilan birgalikda o‘z g‘oyasi ustida ishlaydi. Loyiha shakllantirilgandan so‘ng, biznes–reja ishlab chiqiladi, loyiha ekspertizadan o‘tadi. Tanlov natijalariga ko‘ra eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi va g‘olib chiqqan tadbirkor hamda LBMA investitsion memorandumni imzolaydilar sherik bo‘ladilar (har bir tomon loyihaga o‘zining ma'lum aktivini kiritadi) va birgalikda investitsion loyihani amalga oshiradilar.

Dastlabki bosqichda LBMA qoshidagi biznes-inkubator yosh tadbirkorni biznesning to‘g‘ri yo‘nalishiga yo‘naltiribgina qolmay, unga moliyaviy yordam ham ko‘rsatib, to‘liq hajmda qo‘llab-quvvatlashga tayyor.  

Yoshlarni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha taklif etilgan bosqichma-bosqich sxema viloyat yoshlarini nafaqat maksimal darajada qamrab olishga imkon beradi, balki samarali ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, yoshlarni kasbga o‘rgatish, o‘z loyihasini yaratishga yordam berish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga sharoit yaratadi.

Dasturni moliyalashtirish manbalari – birinchi bosqichda LBMA, ikkinchi bosqichda xalqaro va mahalliy investitsion maydonchalar, investitsion kompaniyalar, chet davlatlarning investitsion dasturlar, Jahon banki, xorijiy banklar, mahalliy tijorat banklari bo‘ladi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid