Kongressmen-demokrat Guaydoga kongress Venesuelaga AQSh qo‘shinlarini jo‘natishga ruxsat bermasligini bildirdi
Kongressmen-demokrat Ro Xanna Venesuela muxolifati rahbari Xuan Guaydoni kongress Venesuelaga AQSh qo‘shinlarini jo‘natishga ruxsat bermasligini haqida ogohlantirdi.
"Xuan Guaydo, siz o‘zingizni Venesuela yetakchisi deb e'lon qilishingiz mumkin, ammo AQShning harbiy aralashuvi masalasini siz hal qilmaysiz. Bunga (Venesuelaga qo‘shin jo‘natishga) faqat kongressgina haqli, ammo biz bunday qadam tashlamoqchi emasmiz", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Avvalroq o‘zini mamlakat prezidenti deb e'lon qilgan Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo prezident Nikolas Maduroni ag‘darish uchun xorijiy aralashuv ehtimolini istisno etmagandi.
Vakillar palatasida ko‘pchilikni tashkil etuvchi demokratlar Venesuelaga qo‘shin jo‘natishga qarshi chiqishlarini bildirishmoqda.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024