Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahmud Abbos AQShning Venesuela ichki ishlariga aralashishiga qarshi chiqdi
Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQShning Venesuela ichki ishlariga aralashishiga qarshi ekanligini bildirdi.
"Biz AQShning sayyoramizdagi har qanday davlatning ishlariga aralashishiga qarshi chiqamiz, hozirda bu Venesuela bilan yuz bermoqda", - dedi Mahmud Abbos Addis-Abebadagi Afrika ittifoqi sammitida chiqish qilib.
23 yanvar kuni Venesueladagi muxolifatchilar yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini vaqtinchalik prezident sifatida e'lon qilgandi. Uni darhol AQSh, Kanada, Lotin Amerikasining aksar davlatlari hamda Yevropa Ittifoqi vakillari yangi prezident sifatida tan olishdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp esa Venesuela bilan munosabatlarda harbiy ssenariy ham bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026