Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH tashqi ishlar vazirlari AQShning raketalar bo‘yicha kelishuvdan chiqishini muhokama qiladi
Moskvada 5 aprelda bo‘lib o‘tadigan MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida AQShning O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi mavzusini muhokama qilish rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiyaning hamdo‘stlik organlaridagi doimiy vakili Andrey Grozov ma'lum qildi.
"Bu mavzu darhaqiqat Atlantikadan Uralgacha bo‘lgan hududda xavfsizlik, strategik barqarorlikni ta'minlash masalasida dolzarb hisoblanadi. Mazkur mavzu tashqi ishlar vazirlari kengashida muhokama qilinadi... hamkorlarimizga Rossiyaning dalillari, xavotirlari yetkaziladi", dedi Grozov.
2 fevral kuni AQSh Rossiya bilan tuzilgan O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqdi. Bunga javoban Rossiya ham mazkur shartnomadagi ishtirokini vaqtincha to‘xtatib turishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
17:43 / 19.06.2026