O‘zbekiston | 11:45 / 12.02.2019
11927
1 daqiqa o‘qiladi

Aziz Nosirov TIVdagi boshqarmaga rahbar bo‘ldi. U ShHT bosh kotibining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan

Tashqi ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov TIV Hay'atining kengaytirilgan majlisida Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasining yangi tayinlangan boshlig‘ini tanishtirdi.

Ushbu lavozimga ilgari Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Aziz Nosirov tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javhar Izomov TIV Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

Mavzuga oid