Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Hindiston Rossiyaning MiG-29 qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda
Hindiston HHK Rossiyaning MiG-29 qiruvchi samolyotidan 21 dona sotib olish borasida muzokara olib bormoqda, deb xabar berdi The Economic Times o‘z manbalariga tayanib.
Nashrning bildirishicha, tomonlar yanvar oyida samolyotlarni yetkazib berish shartlarini muhokama qilgan. Har bir qiruvchi samolyotni yetkazib berish 40,2 mln dollarni, umumiy summa esa aslaha bilan ta'minlash hamda uchuvchilarni o‘qitishni o‘z ichiga olgan holda 846,6 mln dollarga tushadi, deb yozadi gazeta.
Manbalarning ta'kidlashicha, bu Fransiyaning Rafale qiruvchilarini sotib olishga nisbatan ancha arzon tushadi. Hindiston qurolli kuchlari MiG-29 samolyotlariga ega bo‘lib, hind uchuvchilari u bilan yaxshi tanish, deyiladi nashrda.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026