Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO vakillari Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy hamkorlik bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi
NATOning Bryunsyum (Niderlandiya) shahridagi Birlashgan kuchlar qo‘mondonligi shtab-kvartirasi mutaxassislari polkovnik Yasen Kenarov, podpolkovniklar Xose Rodriges, Patrik Tomas va P. Xudik O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi qo‘mondonlik-shtab fakulteti tinglovchilari bilan «Harbiy-fuqarolik hamkorlik» mavzusida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Qurolli Kuchlar akademiyasi qo‘mondonlik-shtab fakulteti tinglovchilari ushbu mashg‘ulotlar davomida NATO tizimidagi bugungi o‘zgarishlar, amaliyotlarni rejalashtirish jarayoni va harbiy qarorlar qabul qilish, shuningdek, alyansning strategik infratuzilmalari borasida ham muhim ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va NATOning Bryunsyum shahridagi Birlashgan kuchlar qo‘mondonligi shtab-kvartirasi o‘rtasidagi hamkorlikka 2013 yilda asos solingan.
Hozirda NATO vakillari tomonidan har yili o‘rta hisobda to‘rttagacha qisqa muddatli o‘quv-seminarlari o‘tkazib kelinadi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026