AQShni Yevropaga nisbatan xoinlik qilishda ayblashdi
AQShning O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqishi Yevropa uchun o‘ta xavfli. Bu haqda NATO harbiy qo‘mitasining sobiq rahbari, Germaniya HHKning iste'fodagi generali Xarald Kuyat ma'lum qildi, deb xabar berdi Bayerischer Rundfunk.
Xabar qilinishicha, u Vashingtonning qarorini keskin tanqid qilgan.
«Bu yevropalik ittifoqchilarning xavfsizligiga nisbatan xoinlikdir», — deb hisoblaydi Kuyat. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Yevropadagi ittifoqchilari oldidagi majburiyatlaridan ham voz kechgan.
«Kelishuv bekor qilinganidan keyin hamma narsa hozirgidan yomonroq bo‘ladi», - degan iste'fodagi general.
Avvalroq 15 fevral kuni AQSh mudofaa vazirining yadroviy, kimyoviy va biologik qurollar dasturi bo‘yicha yordamchisi Gay Robert Amerika qurollanish ustidan nazorat bo‘yicha muloqotga tayyorligini, ammo Rossiya va Xitoy bundan manfaatdor emasligini bildirgandi.
Germaniya bundestagi deputatlari esa O‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomani saqlab qolish uchun Rossiyaning yangi 9M729 raketalarini Ural tog‘lari ortiga joylashtirilishini taklif qilishdi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024