O‘zbekiston | 21:35 / 16.02.2019
58013
5 daqiqa o‘qiladi

Bekatdagi falsafa... O‘zbekiston hududlarining bekatlari KUN.UZ  nigohida

Bekatning vazifasini hamma biladi. Bekat bu - avtotransport vositalarining to‘xtab o‘tish joyi. Unda yo‘lovchilar jamoat transportini kutib turishadi. Oddiygina izoh...

Yo‘l haqida ko‘plab falsafiy fikrlar yozilgan. Qarang, bekatga ham o‘zgacha yondoshish mumkin ekan...

Kun.uz muxbirlarining kuni yo‘lda o‘tadi. Yo‘llar esa doim qiziqarli voqealarga boy. Undagi bekatlar esa alohida mavzu. Ular turli ko‘rinishda, turli me'moriy yechim bilan qurilgan. Asosiysi, bekatning vazifasi aniq. Bekat, yo‘lovchini yozning issiq kunida quyoshdan pana qilsa, qishning sovug‘i va yog‘in-sochin kunlari yana yordamga keladi. 

Inson bekatga kelgach, ketayotgan manzili va o‘sha yerdagi qilinajak maqsadli ishi oldidan bir necha daqiqa xayol surib, o‘ylanib reja tuzib olishi ham mumkin.

Qarang-a?.. Bunday to‘qimalarni yana ikki sahifa yozsa bo‘ladi.

Endi reallikka o‘tsak! Bugungi kunda respublikaning turli burchaklaridagi bekatlarning holatiga qarab o‘sha yerdagi mutasaddilarning o‘z hududlariga bo‘lgan e'tiborini ham bilib olsak ne ajab... Axir yo‘l va bekatlarning ahvoli yo‘lovchiga oynadek ko‘rinib turadigan narsalar bo‘lsa.          

Do‘stlarimiz chet el bekatlarini surat va videotasvirga olib jo‘natishdi. Ularda innovatsiya. Har bir bekatda shaharning elektron xaritasi, yo‘nalishdagi transport vositalarining harakat jadvali va yo‘lovchi uchun qishda issiq, yozda muzdek turadigan sharoit bor ekan. Havas qildik. “Hasad qilma, havas qil. Orzungga yetasan”, deyishadi.

Eslatib o‘tamiz, muxbirlarimiz loyihaga shahar va tuman markazlaridagi emas, balki chekka-chekka joylardagi bekatlar suratlarini jo‘natishdi.  

Loyiha hali uzoq davom etadi degan umiddaman. E'tiboringizga  KUN.UZ jurnalistlari tomonidan respublikamizning turli burchaklarida olingan suratlarni havola etamiz.     
                                                              

Namangan viloyati, Jo‘mashuy- Qo‘qon yo‘li
Qashqadaryo viloyati, Kasbi-Qarshi yo‘nalishi
Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani
Surxondaryo viloyati, Boysun yo‘li
Andijon viloyati, Xonobod shahri
Namangan viloyati, Namangan tumani
Andijon viloyati, Andijon tumani

 

Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani
Farg‘ona viloyati, Toshloqdagi yo‘l

 

Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani

 

Andijon viloyati, Andijon tumani
Farg‘ona viloyati, Quva tumani

 

Navoiy viloyati, Navbahor tumani
Namangan viloyati, Namangan-Kosonsoy yo‘li

 

Andijon viloyati. Andijon tumani

 

Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani

 

Farg‘ona viloyati, Yozyovon yo‘li
Farg‘ona viloyati, Yozyovon yo‘li

 

Farg‘ona viloyati, Yozyovon yo‘li

Hurmatli o‘quvchilar. Kun.uz'da "Bekatlar" loyihasi davom etadi. Qizig‘i endi loyihamizda sizning ham ishtirok etish imkoniyatingiz tug‘ildi. Kelgusida e'lon qilinadigan "Bekatlar" fotojamlanmasida o‘quvchilar tomonidan yuborilgan suratlar ham e'lon qilinadi. Buning uchun siz o‘zingiz yashaydigan yoki yo‘lingizda uchragan bekat fotosuratini aniq manzili ko‘rsatilgan holda, ism-sharifingiz bilan bizga jo‘natishingiz kerak.

O‘quvchilar tomonidan yuborilgan eng sara fotolavhalar  Kun.uz saytida, uning Feysbuk, Tvitter, Instagram ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida, Telegram kanalida keng omma e'tiboriga havola etib boriladi. 
Fotolavhalaringizni  @kunuzmurojaat  yoki info@kun.uz manziliga yuborishingiz mumkin.       

   Elmurod Ermatov

Mavzuga oid