Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda xorijiy sayyohlarning salbiy fikri uyg‘onishiga nima sabab bo‘lmoqda?
2018 yil 15 fevral Samarqand viloyatida “Avtopatrul” reyd tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot guruhi xabar bermoqda.
Unda jami 1769 ta qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, bu qoidabuzarliklarning 813 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi.
Jumladan, 92 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi, 53 ta tegishli hujjatlarsiz va transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan boshqarish bilan bog‘liq, 4 ta tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatilgan, 74 ta quvib o‘tish qoidasini buzish, 248 ta odam tashish qoidasini buzish, 3 ta harakat vaqtida telefondan foydalanish, 274 ta yo‘l belgilariga rioya qilmaslik, 576 ta boshqa turdagi qoidabuzarliklar aniqlanib, 171 ta transport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi.
Shu kuni viloyat IIB YHXB binosida yo‘lovchi tashuvchi avtobus uyushmalari haydovchilari va mas'ul xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, 2018 yil mobaynida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarda 1214 marotaba profilaktik suhbatlar va uchrashuvlar o‘tkazildi, “O‘zavtotrans” agentligi hududiy viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda 882 marotaba reyd va nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 6768 ta noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan haydovchilarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.
Ushbu tadbirlar davomida aniqlangan kamchiliklar, haydovchilarning yo‘llarda harakatlanish va muomala madaniyatini ko‘rgan har bir fuqaroning e'tirozi, qolaversa, shaharga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar va turli xalqaro tashkilot vakillarining salbiy fikri uyg‘onishiga sababchi bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, o‘tgan 2018 yil mobaynida reyd tadbirlari davomida aynan yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchilari tomonidan jami 1684 ta qoidabuzarliklar, shundan:
- 25 ta mast holatda,
- 72 ta tegishli hujjatlarsiz,
- 59 ta qayta jihozlangan avtobuslarni boshqarish,
- 82 ta qo‘l telefonidan foydalanish,
-145 ta yo‘l belgilariga rioya qilmaslik,
-147 ta svetoforning qizil chirog‘iga amal qilmaslik,
-143 ta odam tashish qoidasini buzish,
-112 ta to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzish,
- 998 ta boshqa turdagi qoidabuzarliklar sodir etgan avtobus haydovchilariga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Bunday kamchiliklar bilan avtobuslarini yo‘nalishga chiqargan 99 nafar korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 139-moddasi tartibida ma'muriy ta'sir choralari qo‘llanildi.
Mavzuga oid
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026