O‘zbekiston | 20:40 / 17.02.2019
29908
2 daqiqa o‘qiladi

Zoyir Mirzayev yosh fermerlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi 

Sharof Rashidov tuman hokimi Zoyir Mirzayev 15 fevral kuni yosh fermerlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar qilishicha, mazkur sayyor qabul tumandagi yosh fermerlarning muammo va takliflarini eshitish, aniqlangan mavjud kamchiliklarga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etilgan.

Sayyor qabulda fermerlar 30ga yaqin muammo, taklif va mulohazalari bilan tuman hokimiga murojaat qilishgan. Xabarda aytilishicha, sayyor qabul qatnashgan aksariyat yosh fermerlarning muammolari o‘z yechimini topgan.

Eslatib o‘tamiz, Zoyir Mirzayev o‘tgan yilning 29 oktabr kuni prezident farmoni bilan g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgan va 7 noyabrda Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.

Mavzuga oid