Yanvar oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 3,35 mlrd dollarni tashkil qildi
2019 yil yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 3,35 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,8%ga o‘sdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, eksport hajmi 1,67 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati 16,6%) va import hajmi 1,67 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati 38,9%) yetdi. Tashqi savdo saldosi 31,0 ming dollarni tashkil qildi.
2019 yilning yanvar oyida tovar va xizmatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 238,4 mln AQSh dollarga ko‘proq eksport qilindi, tovar va xizmatlar importi hajmi esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 469,4 mln AQSh dollariga ko‘proq bo‘ldi.
2019 yilning yanvar oyi yakuni bo‘yicha tovarlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxonalar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 81taga ko‘paygan bo‘lib, ular soni 1037taga yetkazildi.
Tashqi savdo aylanmasi dinamikasidan keltirilgan ma'lumotlar ko‘rsatkichlarning qolgan yillarga nisbatan o‘sganligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, 2019 yil yanvar oyida amalga oshirilgan eksport hajmi, o‘tgan yillarga nisbatan ko‘payib, 2019 yilning yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, 1675,7 mln AQSh dollarini tashkil qildi.
2019 yil yanvar oyida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 29,2%ni tashkil etib, hamda tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 115,3% tashkil etdi.
Boshqa xorijiy davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2018 yilning yanvar oyida 67,9%ni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning ushbu davrida esa tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 70,8%ga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,9%ga o‘sdi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024