OAV: Britaniyaning to‘rt vaziri Meydan Brexit muddatini ortga surishni talab qildi
Buyuk Britaniya hukumatining ta'sir doirasiga ega bo‘lgan to‘rt nafar vaziri bosh vazir Tereza Meydan Brexit sanasini ortga surishni talab qildi. Bu haqda The Sun gazetasi xabar qildi.
Gazetaning yozishicha, aks holda vazirlar Meyga "isyon" ko‘tarishlarini aytib tahdid qilishgan va kelgusi haftada Brexit sanasini ortga surish tashabbusini parlament ko‘rib chiqishi uchun muhokamaga qo‘yishlarini ma'lum qilishgan
The Sun nashrining ma'lumotiga ko‘ra, bosh vazirga mehnat va pensiya ishlari vaziri Ember Radd, lord-kansler va adliya vaziri Devid Gok, biznes, energetika va sanoat strategiyasi vaziri Greg Klark va Shotlandiya ishlari bo‘yicha vazir Devid Mandell murojaat qilgan.
Avvalroq deputat-leyborist Ivett Kuper va konservator Oliver Letuin Brexit to‘g‘risidagi qonunga tuzatish kiritish tashabbusi bilan chiqqandi. Bu tashabbus bo‘yicha ovoz berish 27 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Agarda mazkur tashabbus Britaniya parlamentining har ikki palatasi tomonidan ma'qullanadigan bo‘lsa, 13 mart kuni (agarda bu vaqtga kelib ham YeI bilan kelishuv jamoatchilik palatasi tomonidan ma'qullanmasa) deputatlar Buyuk Britaniya YeIni kelishuvsiz tark etishi mumkinligi hamda Brexit muddatini ko‘chirish bo‘yicha ovoz berish huquqini qo‘lga kiritishadi. Bunda yangi muddatni Mey hukumati belgilashiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
09:05 / 07.11.2024
Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi
17:36 / 04.11.2024