Toşkentdagi Yodju Texnika instituti haqidagi iddaolar qançalik haqiqat?
|23:29 / 21.02.201936 12314 min
Bugungi kunda Özbekistonda yoşlarga sifatli oliy ta'lim beriş imkoniyatlarini kengaytiriş, bu borada raqobatni kuçaytiriş maqsadida yirik xorijiy oliy öquv yurtlarining filiallari taşkil etilmoqda. Rossiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Singapur kabi davlatlarning oliy ta'lim muassasalari öz şoxobçalarini oçgani köpçilikka ma'lum.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Özbekistonga malakali kadrlarni tayyorlab beriş borasida sa'y-harakat qilayotgan xorijiy institut-universitetlar orasida Janubiy Koreya oliy ta'lim muassasalari soni salmoqli. 2018 yil 15 oktyabrida rasman faoliyatini boşlagan Toşkent şahridagi Yodju Texnika instituti şular jumlasidan.
Şartnoma asosida qabul qilingan talaba bir yilda tegişli ta'lim yönalişi böyiça 16 mln sömdan 24 mln sömgaça tölovni amalga oşirib, arxitektura va şaharsozlik, turizm, quriliş, muqobil energiya va biznesni boşqariş yönalişlarida Koreya va xalqaro ta'lim standartlari böyiça oliy ma'lumotli mutaxassis bölib yetişadi.
Biroq, ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari Yodju Texnika institutidagi ta'lim jarayonini göyoki talabadan kelgan murojaatga asoslanib tanqid qilmoqda. Garçi, maqolada murojaatçi keltirgan vajlar sanab ötilgaç, Institut tomonidan taqdim etilgan izohlar berilgan bölsa-da, dalillarni tekşiriş tölaqonli amalga oşirilmagan hamda maqola köproq murojaatçining e'tirozlari haqli, degan mazmundagi sarlavha bilan öquvçi e'tiboriga havola etilgan.
Xöş, talabaning e'tirozlari nimalardan iborat edi?
- Institut binosiga bölgan e'tiroz. Unga köra, bino töliq bitmagan.
- Darsliklar xususida – hamon elektron variant va kitoblarning nusxalaridan foydalanilmoqda. Axborot-resurs markazi faoliyatidan qoniqmaslik.
- Kredit ta'lim tizimi böyiça. Talaba fikriça, bu tizim Özbekistonga töğri kelmaydi, dars vaqtining 50 daqiqa bölişi yetarli emas. Nazorat, ta'lim sifati, ustozlar tarkibiga e'tirozlar.
Mavzuga oid
- Koreyada oliy ta'limni davom ettiriş xususidagi da'volar. Qolaversa, qöşimça ta'limlar pullik ekanligi.
- Imtihonni topşira olmagan talabaning qöşimça pul tölaşi – korrupsiyaga yöl oçiş, degan fikr asnosida ustoz bilan kelişib bölmasligining e'tirofi.
Yuqorida sanab ötganlarimiz, talabaning köplab e'tirozlarining umumlaşmasidir.
Kun.uz tasvirga oliş guruhi maqolada yoritilgan e'tirozlar haqiqatga qançalik mos keladi, kredit ta'lim tizimi nima, u talabalarga nima beradi hamda boşqa qator savollarga javob oliş maqsadida ayni institutga taşrif buyurdi. Ta'kidlaş kerak, bu lavha tayyorlaşdan institutdagi ta'lim jarayonlarini emas, balki aynan xorij OAVda çiqqan maqoladagi faktlarni tekşiriş maqsad qilindi.
Dastavval YTIT binosi xususida. Bu oliy ta'lim maskanining binosi, ularning tuzilmasi, auditoriyalar zamonaviy uslubda barpo qilingan. 6 qavatli binoning 3 qavatidagi xonalar talabalar, ustozlar va ma'muriyat ixtiyorida. Qolgan 3 qavatga ehtiyoj bölmagani sababli, hozirça foydalanilmayapti.
Yölaklar keng, har bir talabaga, xorij standartiga muvofiq, şaxsiy şkaf biriktirilgan. Binoning yertölasida oşxona, bundan taşqari, talabalarning mazmunli hordiq çiqarişlari uçun şart-şaroit barpo qilingan.
Kuzatuv kameralari xonalar, yölaklarni töliq nazorat qiladi. Ta'lim jarayoni Yodju Texnologiyalar institutining uşbu ta'lim dargohidagi uç nafar professor-konsultantlari tomonidan muntazam kuzatib boriladi.
Xonalarning siğimi haqida gapiradigan bölsak, kiçik guruhlar va ma'ruzalar ötişga möljallangan zallar mavjud. Bino qurilişida zamonaviy arxitektura va dizayndan xabari bor kişiga taniş bölgan loft uslubi keng qöllanilgan. Xonalarda tabiiy yoruğlik tuşişini ta'minlaş, natijada binoning ekologiya muhofazasiga hissasini oşiriş maqsadida yirik romlar örnatilgan. Institutda 2ta axborot-resurs markazi mavjud bölib, öqiş uçun barça şaroit muhayyo. Talabalar uçun 2 qavatda maxsus kompyuter xonalari ham taşkil etilgan.
Biz taşrif buyurgan kunda institutda birinçi semestr yakunlari böyiça sinovlar ötkazilayotgan edi. Imtihonlar adolatli va şaffof tarzda ötayotganiga guvoh böldik. Talabalar esa, e'tirozlari yöqligini ta'kidlaşdi. Semestr yakunlari böyiça sinovlar fanlar kesimida barça talabalar uçun bir vaqtda taşkil etildi.
Imtihon jarayonini kuzatiş maqsadida J.Koreyadan qöşimça professor-öqituvçilar, kuzatuvçilar kelişgani ham ma'lum böldi. Fursatdan foydalanib, ularning ayrimlari bilan suhbatlaşib, ularga yuqoridagi e'tirozlarga javob böladigan savollar bilan murojaatlar qildik.
Özbekistonga xuş kelibsiz! Koreyadagi Yodju Texnika institutida öquv jarayoni qanday taşkil etilgan? Institutning Toşkentdagi filiali bilan ayni deyiş mumkinmi?
«Janubiy Koreyadagi Yodju instituti poytaxt Seul atrofidagi, Kyongi-do şaharçasida joylaşgan. Unda jami 6500 talaba tahsil oladi. Institut 24ta fakultetdan iborat. Institutdagi ta'limning öziga xosligi şundaki, talabalar amaliyotga, ya'ni bitirgandan keyin işlab çiqariş jarayoniga şay kadr bölib tayyorlanişadi.
Sizning savolingizga kelsak. Aslida maqsad ham, Koreya va Özbekistondagi institutlardagi ta'limni bir xil taşkil etişdir. Biroq, ayrim standartlar mos kelmayotgan jihatlar mavjud. Bu borada örganişlar olib borilyapti. Bu yerda ham bitiruvçilarning tayyor kadrlar bölib yetişişlariga e'tibor berilmoqda. Ular amaliyotga şay holda bölişadi», - dedi Choi Jong Chul.
YTIT taşkil etilganida 2+2 dasturi böyiça, ya'ni 2 yil Toşkentda, 2 yil Janubiy Koreyada ta'lim beriladi, degan sözlar yangragan ekan. Bu qanday taşkil etiladi va haqiqatda talabalarni xorijda öqitiş rejada bormi?
«Töğri, 2+2, ya'ni 2 yil Toşkentda, 2 yil Koreyadagi institutda ta'lim oliş imkoniyati taqdim etilişi haqida söz borgan. Bu asosiy dastur hisoblanadi. Bundan taşqari, 3+1, 1+3 kabi dasturlar ham mavjud. Ayni çoğda biz 1+3 yönalişini ham jiddiy örganib çiqyapmiz. Biroq bu dasturlar böyiça ta'lim beriş, ayrim şartlarga boğliq.
Choi Jong Chul
Şartlar nimalardan iborat? Birinçi navbatda bu yerdan boradigan talabalar koreys tilini mukammal bilişlari kerak. Çunki, Koreyaga borgaç, ularga til örgatilmaydi, balki texnik darslar ötila boşlanadi. Buni özlaştira olişlari kerak.
Ikkinçidan, Koreyadagi ta'lim narxi Özbekistondagi şartnoma tölovidan keskin farq qiladi. Şu bilan birga, talabaning bilimi, iqtidoridan kelib çiqqan holda, uni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş masalasida qançalik yordam bera olamiz, neça foiziga ta'lim granti yoki çegirma taqdim etiladi. Bularni ham örganib çiqiş kerak böladi.
Yana bir bor eslatib ötaman, Özbekiston va Koreyadagi ta'lim qonunçiligidagi muvofiqlik ham muhim örin tutadi. Özaro mutanosiblikni ta'minlab oliş maqsadida dastavval 2+2 dasturi haqida söz borgan. Aslida 1+3, 3+1 şakllarida ham ta'lim oliş imkoniyati mavjud», - dedi Choi Jong Chul.
Koreyalik ustoz institutni kengaytiriş borasidagi rejalarni ham bildirar ekan, xorijiy davlatlarda bölgani kabi kempuslar barpo etilişiga oydinlik kiritdi.
«Albatta, institutni kengaytiriş rejalarimizda ham bor. Maqsadimiz ham şu. Biz bu yerga amaliyot ötaş uçun kelganimiz yöq. Yönalişlarning 5ta ekani ham vaqtinça. Negaki, Özbekiston rivojlangani sari texnika mutaxassislariga bölgan kadrlarga talab oşadi. Bu, öz navbatida, texnika yönalişida ta'lim beruvçi oliygohlarga bölgan talabni kuçaytiradi. Şu bois, biz ham ta'lim yönalişlarini kengaytiramiz va bu zarur ham», - deya qayd etdi Koreya instituti vakili.
Koreyalik mutaxassis semestr yakunidagi sinovlardan öta olmagan talabalar ma'lum bir miqdorda pul tölab, imtihonni qayta topşirişlariga töğri keladi, degan e'tirozga quyidagiça fikr bildirdi.
«Yöq, bunday emas. Bu haqda notöğri axborot tarqalgan. Faqat bir narsani aytişim mumkin, ta'lim jarayoni qiyin va murakkab bölgani uçun ayrim talabalar sinovdan öta olişmaydi. Ammo, ularga 3 karra qayta imkoniyat taqdim etiladi. Buning uçun pul tölanişi esa, notöğri. Bunday tizim Koreyada ham, Özbekistonda ham yöq», - dedi Choi Jong Chul.
Yodju Texnologiyalar instituti professori, muqobil energetika fani mutaxassisi Kim Tae Hyung esa, Toşkentdagi Yodju Texnika institutida nima uçun muqobil energetika yönalişi oçilgani, institutda ta'lim sifatiga doir e'tirozlarga öz munosabatini bildirdi.
Kim Tae Hyung
«Birinçidan, Özbekiston quyoş energiyasiga juda boy mamlakatlardan biri. Kelgusida quyoş energiyasidan sanoat darajasida foydalaniş imkoniyatlari kengayişi bois, Yodju Texnika institutida şu yönalişdan ta'lim beriş belgilandi. Energetika fan ölaroq, qançalik muhim bölsa, muqobil energetika uning ajralmas va muhim qismi hisoblanadi», - dedi koreyalik professor.
Xorij OAVlardan birida YTIT’dagi ta'lim tizimi haqida talabalardan biriga asoslangan holda tanqidiy maqola e'lon qilindi. Institutda kamçilik va nuqsonlarni kuzatdingizmi?
«Toşkentdagi Yodju Texnika instituti taşkil etilganiga endigina 6 oy böldi. Har bir yangi işda kamçilik bölganidek, bu ta'lim dargohi ham kamçiliklardan xoli emas. Lekin bu taşvişlanarli emas, balki yöl-yölakay hal etiş mumkin bölgan işlardir. Birinçi semestr endi yakunlanmoqda. Ikkinçi semestr yakunida bu kamçiliklar bartaraf etilgan böladi. Umuman olganda institut yaxşi natija körsatmoqda va bizning talablarimizga javob bermoqda», - deya ta'kidladi professor Kim Tae Hyung.
Biz talaba tomonidan bildirilgan e'tirozlarning ayrimlari xususida YTIT öquv işlari böyiça prorektori Jonpölat Kudaybergenovga murojaat qildik.
Jonpölat Kudaybergenov
Sönggi vaqtlarda Özbekistonda yangi zamonaviy usullaridan foydalangan holda oliy ta'lim berişga katta e'tibor berilmoqda. Toşkentdagi Yodju Texnika instituti esa, rivojlangan davlatlarda yaxşi samara berib kelayotgan kredit tizimida darslarni taşkil etgan ilk oliy ta'lim dargohidir. Köpçilikka yangi tuşunça bölgan kredit tizimi xususida ma'lumotlar bersangiz?
«Töğri aytdingiz, Özbekiston oliy ta'lim tizimiga kredit tizimi endi kirib kelyapti. Lekin, jahon amaliyoti, ayniqsa, YeI mamlakatlari, AQŞ, Buyuk Britaniya va boşqa rivojlangan davlatlarda ançadan beri bor. Özimiz ham «Umid» jamğarmasi orqali Angliyada kredit tizimida tahsil olib kelganmiz. Uning afzalliklari köp.
Şulardan biri, talaba tölagan kontrakt summasi evaziga ba'zi bir majburiyatlarni bajarişni öz zimmasiga oladi. Majburiyatlar nimalardan iborat böladi? Semestr yakuniga binoan, har bir modul, ya'ni fandan semestr mobaynida ma'lum bir könikmaga ega böliş şartligidir.
Kredit tizimida kontrakt summasi har bir fanga alohida hisoblanadi. Bunda talabaning öşa belgilangan fan böyiça qarzi borligini bildiradi. Bu qarzni yopiş esa, talabaning semestr davomida mustaqil ravişda öqib-örganib, semestr yakunida mustaqil işlar, yoki imtihonlardan ötiş orqali, mid-term – oraliq imtihonlarida esa, öz bilimini namoyiş qilib, isbotlasa qarzini yopgan böladi. Bu, öz navbatida, talabani mustaqil öqib-örganişga rağbatlantiradi.
Talaba ma'lum bir fanni yaxşi özlaştirolmasa, u fanni keyingi kursda qaytadan öqişi hamda mumkin bölgan minimal ballni olişi zarur böladi. Uning qaytadan öqişi uçun ustozlar jalb etiladi. Institutning boşqa xarajatlari ham qöşiladi. Şu bois, biror fandan yaxşi özlaştirolmagan talaba öşa fan uçun qayta pul tölab, öqişga, söngra qayta imtihon topşirişi şart böladi», - dedi YTIT öquv işlari böyiça prorektori.
Institut ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan naqadar foydalanilmoqda, elektron kitoblar xususida izohlaringiz qanday?
«Oxirgi vaqtlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanmoqda. Öquvçi talabalar ixtiyorida smartfonlar, planşetlar mavjud. Bu öz-özidan elektron kitoblarga bölgan talabni kuçaytirmoqda. Sababi elektron kitoblar ham arzon, ham foydalaniş uçun qulay. Jahondagi yirik kutubxonalar, xususan, British Library’da ham naşr qilingan körinişdagi kitoblardan elektron namunadagi kitoblarga ötiş tendensiyasi kuzatilmoqda. Şu bois biz ham, ta'lim dargohida nafaqat kitoblar, balki ularning elektron körinişlarini, turli darslik va qöllanmalarga obuna böliş amaliyotini taşkil etganmiz», - deydi prorektor Jonpölat Kudayberganov.
Oliygoh talabasi tomonidan bildirilgan e'tirozda xorijlik murabbiylar soni kamligi aytiladi. Öquv işlari böyiça prorektorning aytişiça, bugungi kunda 70 nafar professor-öqituvçilar talabalarga dars bersa, şundan 12 öqituvçi Koreya respublikasidan. Ammo, qolgan mahalliy öqituvçilarning 80 foizga yaqini xorijiy, jumladan, AQŞ, Buyuk Britaniya, YeI, Koreya kabi davlatlarning nufuzli universitet-institutlarida tahsil olgan mutaxassislardir.
Uning bildirişiça, institut tomonidan iqtidorli talabalarni rağbatlantiriş, ularga ta'lim grantlari taqdim etiş kabi işlarda Özbekistondagi Koreya kompaniyalari bilan ham yaqindan hamkorlik yölga qöyilgan. Bundan taşqari, talabalar institutni bitirganidan keyin ularni işga joylaştiriş borasida ham amaliy harakatlar köriladi, şu yerning özida turli kompaniyalar tomonidan mehnat yarmarkalari taşkil etiladi. Talaba amaliyotga şay mutaxassis sifatida oliygohni bitiradi.
Xullas, ming marta eşitgandan köra, bir marta körgan yaxşi, deyişadi. Şunday ekan, keling, köring va xulosa qiling.
P.S.: Töğrisini aytaman, men va operatorimiz uşbu institutda yaratilgan şaroitlarni körib, talabalikni orzu qildik. Bunday imkoniyatlarga ega talaba yoşlar faqat öqişi, öz ustida işlaşi, ter tökişi, mamlakatimiz mehnat bozoriga yetuk mutaxasssis bölib kirib kelişi lozim böladi. Talabalar orasidagi döstona muhit esa havasimizni keltirdi.