Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti (YTIT) hamda «Vosiq international school & kindergarten» vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari Koreya Respublikasiga taşrif buyurişdi. Ular safar dasturi doirasida dastavval Koreya Respublikasining Yodju texnologiya instituti (YIT), Yodju umumta'lim örta maktabi va maktabgaça ta'lim muassasasiga taşrif buyurişdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Mazkur taşrif 2019 yil 26 aprelda imzolangan özaro anglaşuv memorandumi ijrosi doirasida amalga oşirilganini alohida qayd etiş örinli.

Taşrif davomida ikki institut – YTIT va YIT ta'lim jarayonlari, öqituvçilar hamda talabalarni almaşiş dasturlari ijrosining muhokamasi, ta'lim sohasidagi samarali öqitiş uslublarini joriy qiliş masalalari muhokama qilindi.

Bundan taşqari, delegatsiya a'zolari Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasida ham bölib, Assambleya rahbari janob Moon Hee Sang bilan uçraşişdi. Şuningdek, Milliy Assambleya kutubxonasiga ham taşrif buyurib, uning rahbari janob Heo Yongbom bilan muzokaralar olib borildi va muassasa faoliyati bilan yaqindan tanişişdi. Muzokaralar natijasida Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti (YTIT) professor-öqituvçilari, ilmiy izlanuvçilari va talabalari uçun Koreya Respublikasi Milliy Assambleya kutubxonasining 6 milliondan ortiq fondidan onlayn tarzda foydalaniş imkoniyati yaratildi.