Toşkent şahridagi Yodju texnika institutida 2019-2020 öquv yili uçun qabul jarayoni boşlandi.  

Foto: Yodju

Institutda 11 ta’lim yönalişi mavjud bölib, ular quyidagilardan iborat: 

•  Arxitektura va şaharsozlik
•  Quriliş
•  Muqobil energiya 
•  Turizm
•  Biznesni boşqariş 
•  Xalqaro iktisodiy munosabatlar 
•  Xalqaro marketing 
•  Maktabgaça ta’lim
•  Boşlanğiç ta’lim
•  Koreys tili filologiyasi 
•  Çiroy estetikasi va liboslar dizayni (rejada, qöşimça ma’lumot beriladi)

Foto: Yodju

Abituriyentlar xujjatlarni onlayn ravişda 1 iyundan boşlab admission.ytit.uz veb sahifasi orqali va 1 iyuldan boşlab offlayn (institutga taşrif buyurgan holda) topşirişlari mumkin. 

Taqdim etiladigan hujjatlar: 

•  Pasport nusxasi 
•  Diplom maktab/litsey/kollejni tamomlaganligi haqidagi hujjat. (baholar ilovasi bilan birga)
•  Rasm – 3.5x4.5sm (rasmga tuşgan muddati 3 oydan oşmagan bölişi lozim) 
•  Mavjud bölsa IELTS (5.0), TOEFL (50) yoki TOPIC (2) sertifikatlar nusxasi

Kiriş imtihonlari 10-25 avgust oraliğida institut binosida bölib ötişi rejalaştirilgan. Ta’lim yönalişidan kelib çiqqan holda, imtihon fanlari quyidagiça:

     •  Arxitektura va şaharsozlik – Matematika va ingliz tili
     •  Quriliş - Matematika va ingliz tili