Joriy yilning 26 aprel kuni Toşkent şahridagi Yodju texnika institutida “Muqobil energiya – Özbekiston energetika tizimi taraqqiyotining istiqbolli yönalişlaridan biri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bölib ötdi. Mazkur anjuman 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar doirasidagi qayta tiklanuvçi energiya manbalarini yanada rivojlantiriş, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari davlat Dasturini amalga oşiriş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “Özbekiston Respublikasi yoqilği-energetika tarmoğini boşqariş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5646-son Farmoni hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F-sonli “2019 yilda ötkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlarni ötkaziş rejasi töğrisida”gi Farmoyişi ijrosi doirasida bölib ötdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman quyidagi şö'balar böyiça öz işini olib bordi:
- Milliy iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqiçida energiya manbalaridan foydalanişning joriy holati hamda mavjud muammolarning ilmiy-amaliy yeçimlari;
- Muqobil energiya manbalaridan foydalanişda “fan-ta'lim-işlab çiqariş” integratsiyasini ta'minlaş masalalari;
- Muqobil energiya manbalaridan foydalanişda ilmiy tadqiqotlarni taşkil etiş va yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fizika–Quyoş” IIÇB Fizika-texnika instituti, “Özbekenergo” AJ, Quyoş energiyasi xalqaro instituti va boşqa bir qator sohaga tegişli bölgan 150 dan ortiq idora-taşkilot vakillari hamda institutning talabalari iştirok etdi.
Şuningdek, anjumanda Yodju texnika instituti hamda bir qator taşkilotlar, jumladan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “ÖzInjiniring” Respublika loyiha instituti, Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fizika – Quyoş” IIÇB Fizika-texnika instituti bilan özaro hamkorlik Memorandumi imzolaş marosimi ham bölib ötdi.

Xabaringiz bor, şu yilning 18-21 aprel kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Çje In mamlakatimizga taşrif buyurgan çoğda, ikki davlat örtasida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-marifiy sohalarda hamkorlik böyiça qöşma kelişuvlar imzolangan edi. Mazkur taşrif doirasida Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti ham Koreya Respublikasi Milliy Kutubxona Assambleyasi (The National Assembly Library, Republic of Korea) bilan özaro anglaşuv va hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur Memorandum asosida endilikda Institut talabalari Özbekistonda ta'lim oliş bilan bir vaqtda, Koreya Respublikasi Milliy Kutubxona Assambleyasida mavjud bölgan 650 ming ingliz tilidagi, 300 ming yapon tilidagi va 200 mingdan ortiq boşqa çet tillardagi hamda 3 milliondan ortiq koreys tilidagi kutubxona fondidan foydalaniş imkoniyatiga ega böldilar.

















