2018 yil 24 iyulda Toşkent şahridagi Yodju Texnika instituti Özbekiston Respublikasida oliy ta'lim berişni amalga oşiriş huquqini beruvçi davlat litsenziyasini oldi hamda respublikadagi ilk xususiy oliy ta'lim maskani sifatida qayd etildi. 

Institutning ta'lim dasturlari janubiy koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda Koreyadagi fan va texnologiyalar yutuqlari inobatga olingan holda tayyorlangan. Oliy ta'lim maskanida nazariy bilimlar çuqur örgatilişi qatorida talabalarning amaliy könikmalarini ham rivojlantirişga jiddiy e'tibor qaratiladi. Bundan taşqari, talabalarda tanqidiy-tahliliy fikrlaş qobiliyati mustahkamlanadi. 

Institutda quyidagi yönalişlar böyiça yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş amalga oşiriladi:
- Arxitektura va şaharsozlik;
- Fuqarolik qurilişi;
- Muqobil energiya;
- Biznesni boşqariş;
- Turizm;
- Xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
- Xalqaro marketing;
- Boşlanğiç ta'lim;
- Maktabgaça ta'lim;
- Koreys tili filologiyasi; 
- Gözallik estetikasi va liboslar dizayni.

Institut taşkil etilganligining 1 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan tantanali marosimda Özbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, respublikadagi xalqaro taşkilotlar vakillari, Koreya Respublikasidagi Yodju Texnologiya instituti rahbariyati va professorlari, OAV vakillari, talabalar va ularning ota-onalari iştirok etdi. 

Bayramona kayfiyatda bölib ötgan tadbir Toşkent şahridagi Yodju Texnika institutining boş öquv binosida taşkil etildi. Unda institut rahbariyati va hamkorlari öz tilaklarini izhor qilişdi, kuy-qöşiqlar yangradi.