Jamiyat | 14:40 / 01.03.2019
6233
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati o‘zgaradi

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilalarga joylashtirish, patronat tizimini ta'minlash, bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashning qulay shart-sharoitlarini yaratish bo‘yicha yangi konsepsiya ustida ish olib borilmoqda. 

1 mart kuni bo‘lib o‘tgan «Bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi xodimlari faoliyatini takomillashtirish» mavzusidagi davra suhbatida shu haqida so‘z bordi. 

11 fevral kuni qabul qilingan «Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Qaroriga muvofiq, bolalar ijtimoiy himoyasini deinstitutalizatsiya qilish, ya'ni qarovsiz bolalarning davlat muassasalarida emas, balki homiylik va vasiylik asosida oilalarda tarbiyalanishini ta'minlash bo‘yicha yangi konsepsiya ishlab chiqiladi.

Konsepsiyaning ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq qilinishida YUNISEF, «Oila» markazi, Maktabgacha ta'lim, Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Sog‘liqni saqlash, Moliya vazirliklari, Bosh prokuratura, SOS bolalar shaharchalari ishtirok etadi. 

«Institutsional, ya'ni davlat himoyasi bola huquqlariga daxl qilishi mumkin. Bunda bola tashqi muhitdan izolyatsiyalangan holda yashaydi, butun kun tartibi, qiziqishlari jamoaviy nazorat ostiga olinadi, o‘z hayoti uchun qaror qabul qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi», deydi YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy bo‘limi mutaxassisi Stela Grigorash.

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, hozir ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning 80 foizi internat tarbiyasida bo‘lsa, islohotdan keyin ularning oilaviy muhitda ijtimoiy himoya olishini 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan. 

YUNISEF ma'lumotlariga ko‘ra, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida internatlarda tarbiyalanayotganlar soni har 100 ming boladan 666 nafarni tashkil etadi. Bu dunyo miqyosidagi ko‘rsatkichdan (har 100 ming boladan 120 nafar) besh baravar ko‘p. O‘zbekistonda har 100 ming boladan 255 nafari internat muassasalarida tarbiyalanadi (2016 yil ma'lumoti).

Davra suhbatida ta'kidlanishicha, konsepsiyada AQShning Kolumbiya universiteti ekspertlari tomonidan O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosat borasida olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslaniladi.

Avvalroq oilalardagi kam daromad bolalarning ta'lim olishiga to‘sqinlik qilayotgani haqida ma'lumot berilgan edi.

YUNISEFning siyosatni isloh qilish variantiga asosan 2030 yilga borib bolalar nafaqalari ta'sirida umumiy kam ta'minlanganlik darajasini 8 foizdan 21 foizgacha kamaytirish, shuningdek, 2034 yilga borib 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nafaqalar bilan qamrab olish miqyosini qadamba-qadam kamida 75 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Turkiston Avenue TJMning 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi