Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
7346
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi

Bunga Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yerosti tunneli qurilishi sabab bo‘lmoqda.

Toshkent shahar hokimligi Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasining bir qismi 13 apreldan boshlab yopilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yerosti tunneli qurilishi boshlanishi munosabati bilan barcha turdagi transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Yopiladigan yo‘l qismi: CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘iga kiraverishgacha.

Yopilish muddati: 2025 yil 13 aprel soat 00:00 dan 1 sentabrgacha.

Poytaxt hokimligi yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Avvalroq Transport vazirligi Toshkent shahrida sport tadbirlari o‘tkazilishi munosabat bilan 2025 yilning 13 aprel kuni tungi soat 00:00 dan kunduzgi soat 16:00 ga qadar Yangi O‘zbekiston ko‘chasida hamda unga tutash ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid

E`lonlar