O‘zbekiston | 17:06 / 01.03.2019
10038
1 daqiqa o‘qiladi

Ulug‘bek Muhammadiyev: jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqarilgani uchun tergovchining javobgarligini kuchaytirish kerak

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyev jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqarilgani uchun tergov organlari xodimlari javobgarligini kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqish​ kerakligini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

1 mart kuni o‘zi ishini davom ettirgan Senatning XVIII yalpi majlisida Inson huquqlari vakillari senatorlarning e'tiborini tergovchilarning javobgarligini kuchaytirish masalasiga qaratdi. 

Shuningdek, u o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan (odam savdosi qurboni bo‘lgan) shaxs joylashtiriladigan, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘isiz qolgan bolalar saqlanadigan muayyan internat muassasasini sud hukmiga kiritishni taklif qildi. 

Muhammadiyevning aytishicha, sud tomonidan mazkur qarorni tegishli muassasaga yuborish amaliyotini joriy etish​ kerak.

Mavzuga oid